13:13 / 19.07.2024
344

Putinning Moskva shimolidagi qarorgohida xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Putinning Moskva shimolidagi qarorgohida xavfsizlik choralari kuchaytirildi
Foto: Maxar Technologies
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Moskva shimolidagi yozgi qarorgohida xavfsizlik choralari kuchaytirilgan. Bu haqda sun’iy yo‘ldoshdan olingan tasvirlarga asoslanib, CNN nashri xabar berdi.

Sun’iy yo‘ldoshlar Novgorod viloyatidagi Valday ko‘li atrofidagi hududning bir qancha tasvirlarini olgan. Hududda joylashgan prezident qarorgohi atrofida ko‘plab o‘zgarishlar ko‘ringan.

Manbaga ko‘ra, prezident qarorgohi yaqinida bir nechta Pansir-S1 havo mudofaa tizimlari o‘rnatilgan. Ushbu tizimlar uchuvchisiz qurilmalar: dronlar hamda raketalar hujumlariga qarshi samarali ishlay oladi

Rossiya prezidenti yozda o‘z vaqtining ko‘p qismini Valday qarorgohida o‘tkazishi ma’lum. Ushbu qarorgoh Valday milliy bog‘idagi yirik dam olish maskanida, ikki ko‘l o‘rtasida joylashgan yarim orolda qurilgan. Majmua hududiga kirish cheklangan. 40 gektarli hudud uch tomondan suv bilan o‘ralgan. Quruqlikdan kirish qismini esa maxsus xizmatlar qo‘riqlaydi.

Foto: Alamy
So‘nggi oylarda Ukraina armiyasining harbiy dronlar yordamida Rossiya ichkarisiga zarba bera olish qobiliyati yaxshilangan. Bu esa Moskvada xavotirlarni kuchaytirgan. Rasmiylar muhim davlat muassasalari va prezident qarorgohlari atrofida mudofaani kuchaytirgan.

Maxar Technologies tomonidan taqdim etilgan sun’iy yo‘ldosh tasvirlari havo hujumidan mudofaa vositalarining strategik hududda, prezident qarorgohidan bir necha kilometr uzoqlikda, o‘rmon chuqurligidagi minorada joylashganini ko‘rsatadi.

Pansir-S1 tizimlari qisqa masofaga uchuvchi qanotli raketalar va dronlarga qarshi kurashish uchun mo‘ljallangan. Ularni turar joy obyekti yaqinida joylashtirish esa Ukrainaning tobora xavfli dronlar hujumlariga qarshi javob chorasi bo‘lishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putinning Moskva shimolidagi qarorgohida xavfsizlik choralari kuchaytirildi