15:24 / 19.07.2024
235

Janubiy Koreya ovoz kuchaytirgichlar orqali Shimoliy Koreyaga radioeshittirishlar uzatishni boshladi

Janubiy Koreya ovoz kuchaytirgichlar orqali Shimoliy Koreyaga radioeshittirishlar uzatishni boshladi
Foto: “Bilboard.com”
Janubiy Koreya chegara hududida o‘rnatilgan ovoz kuchaytirgichlar orqali Shimoliy Koreya hududiga radioeshittirishlar uzatishni boshladi. Bu haqda Janubiy Koreya armiyasi ma’lumotiga asoslanib, Reuters nashri xabar berdi.

Janubiy Koreyaning so‘nggi tadbiri shimol hukumatining provokatsion xatti-harakatlariga javoban amalga oshirilgani bildirilgan. Oldinroq Shimoliy Koreya tomonidan demilitarizatsiya zonasi janubiga yuzlab chiqindi solingan havo sharlari uchirilgan edi.

Shimoliy Koreya chegara bo‘ylab o‘ndan ortiq yirik ovoz kuchaytirgichlar o‘rnatgan. Ushbu vositalar kommunistik qo‘shni mamlakatning ichki qismlariga ma’lumot uzatish imkonini beradi.

Shimoliy Koreya tomonidan janubga havo sharlari uchirish joriy yilning may oyidan beri davom etmoqda. Pxenyan qisqa muddat ichida minglab sharlar uchirgan. Axlat qoplari ildirilgan sharlar Janubiy Koreyadagi aholi punktlariga tushib, fuqarolarning mulklariga moddiy talafotlar yetkazgan.

Manbada aytilishicha, Janubiy Koreya ovoz kuchaytirgichlar orqali shimolga dunyo yangiliklari, K-pop qo‘shiqlari va targ‘ibot nutqlarini eshittirishga uringan. Ushbu harakat mazmunan qo‘shni mamlakatdagi fuqarolarning dunyo haqidagi tasavvurlarini o‘zgartirish hamda mafkuraga zarba berishni maqsad qiladi.

Harbiy amaldorlar va faollar tomonidan psixologik urushning samarali shakli sifatida baholangan ovoz kuchaytirgichlar vositasidagi eshittirishlar 2018 yilda ikki koreys mamlakati rasmiylari uchrashuvida imzolangan tinchlik kelishuviga ko‘ra to‘xtatilgan. Bu kelishuvning zaruriy qismi o‘laroq Shimoliy Koreya ham Seulga nisbatan provokatsion manyovrlarini to‘xtatgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Janubiy Koreya ovoz kuchaytirgichlar orqali Shimoliy Koreyaga radioeshittirishlar uzatishni boshladi