18:00 / 19.07.2024
643

O‘zbekistonliklar Rossiyaga ishga taklif qilinmoqda

O‘zbekistonliklar Rossiyaga ishga taklif qilinmoqda
O‘zbekistonliklar Rossiyaga ishga taklif qilinmoqda, deb xabar bermoqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi axborot xizmati.

Unga ko‘ra, fuqarolar Rossiyaning “Rusal Komplektatsiya” korxonasiga ishga taklif etilyapti. Ish turi alyumin quyuvchi. Oylik maosh 70 ming rubl (10 million so‘m)dan boshlanadi (barcha soliqlar ushlangandan keyin).

Nomzodlar uchun quyidagicha talablar qo‘yilgan:
- 20-45 yosh;
- rus tilini bilish;
- sudlanmagan;
- xorijga chiqish taqiqlanmagan;
- sog‘lom.

Ish beruvchi hisobidan: aviachipta, bir mahal ovqat, yotoqxona va transport.

Ro‘yxatdan o‘tish

Bu o‘zbekistonliklarni ishga taklif qilayotgan yagona Rossiya korxonasi emas. Rossiyaning “Ozon Komyuniti” korxonasi ham fuqarolarni ishga taklif etmoqda. Oylik maosh 60 ming rubl (taxminan 8,5 million so‘m)dan boshlanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » O‘zbekistonliklar Rossiyaga ishga taklif qilinmoqda