19:24 / 19.07.2024
98

Obama Baydenning saylovdagi imkoniyatlari pasaygan deb hisoblamoqda

Obama Baydenning saylovdagi imkoniyatlari pasaygan deb hisoblamoqda
Foto: AP Photo
AQSHning sobiq prezidenti Barak Obama amaldagi prezident Jo Baydenning qayta saylanish imkoniyati sezilarli darajada kamaydi, deya fikr bildirdi. Bu haqda The Washington Post (WP) nashri ma’lum qildi.

Nashrga ko‘ra, yaqinda Demokratik partiya a’zolari bilan shaxsiy suhbatlarida Obama Bayden prezidentlik poygasida qolish-qolmasligini jiddiy o‘ylab ko‘rishi kerakligini aytgan.

"Obama prezidentlik saylovlarida qatnashish qarori Baydenning o‘ziga tegishli bo‘lishi kerakligini bir necha bor ta’kidlagan", deyiladi xabarda.

WP nashri, shuningdek, Obama respublikachi raqibi Donald Tramp bilan muvaffaqiyatsiz debatidan so‘ng uning prezidentligi davrida vitse-prezident bo‘lib ishlagan Jo Bayden bilan faqat bir marta suhbatlashganini qayd etgan.

O‘z ismini oshkor qilmaslikni lozim ko‘rgan manbalar Obama Baydenning saylovoldi kampaniyasining kelajagi haqidagi suhbatlarga “chuqur aralashib” qolayotganini ta’kidlagan. Jurnalistlarga ko‘ra, Obama Baydenni buyuk prezident deb bilishini va uning yutuqlarini himoya qilishni xohlashini aytgan. Shu bilan birga, Obama Trampning Oq uyga qaytish imkoniyatlari oshib borayotgani, homiylar esa Baydendan yuz o‘girib ketayotganidan xavotir bildirgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Obama Baydenning saylovdagi imkoniyatlari pasaygan deb hisoblamoqda