19:33 / 19.07.2024
733

Tramp Rossiya AQSHning Afg‘onistondagi mag‘lubiyatini ko‘rib, urush boshlaganini aytdi

Tramp Rossiya AQSHning Afg‘onistondagi mag‘lubiyatini ko‘rib, urush boshlaganini aytdi
Foto: AFP
Respublikachilar partiyasidan AQSH prezidentligiga nomzod Donald Tramp Rossiya AQSHning Afg‘onistondagi muvaffaqiyatsizligini ko‘rib, Ukrainada urush boshlaganini aytdi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.

"Ukrainada nima bo‘layotganini ko‘ring. Bu Afg‘onistondan qo‘shinlarning halokatli tarzda olib chiqilishi bilan boshlandi. Ushbu mag‘lubiyatdan ruhlangan Rossiya Ukrainaga bostirib kirdi. Ular bu odamlar [hozirgi Amerika ma’muriyati] uquvsiz ekanini ko‘rdi", dedi u Miluokidagi respublikachilar milliy qurultoyida so‘zlagan nutqida.

Ushbu nutqida Tramp noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan saylovlarda respublikachilardan AQSH prezidentligiga nomzodini ko‘rsatishga rasman rozilik bergan. Siyosatchi Afg‘onistondan qo‘shinlarning olib chiqilishini AQSH tarixidagi “eng katta kamsitilish” deb atagan.

"Biz u yerda umumiy qiymati 85 milliard dollarlik harbiy texnika va ko‘plab amerikalik askarlarni qoldirgandik", degan u.

Bayden 2021 yil 14 aprelda Amerika tarixidagi eng uzoq xorijiy harbiy kampaniyaga aylangan Afg‘onistondagi operatsiyani yakunlashga qaror qilganini aytgan. Mazkur operatsiya 2001 yil oktyabr oyida boshlangan, uning eng yuqori cho‘qqisida (2010 yildan 2013 yilgacha) Afg‘onistondagi G‘arb kuchlari soni 150 ming kishidan oshgan.

Amerika qo‘shinlarining olib chiqilishi 2021 yil may oyida boshlangan. AQSH va NATOning asosiy harbiy qismlari Afg‘onistonni 2014 yilda tark etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp Rossiya AQSHning Afg‘onistondagi mag‘lubiyatini ko‘rib, urush boshlaganini aytdi