23:44 / 19.07.2024
175

Bangladeshda namoyishchilar qamoqxonaga kirib, mahbuslarni ozod qildi

Bangladeshda namoyishchilar qamoqxonaga kirib, mahbuslarni ozod qildi
Foto: Google Images
Bangladeshdagi namoyishchilar Narsingdi tumanidagi qamoqxonaga bostirib kirdi va davlat ish o‘rinlari uchun kvota tizimiga qarshi mamlakat bo‘ylab keng tarqalgan norozilik namoyishlari fonida yuzlab mahbuslarni ozod qildi. Bu haqda AFP mamlakat politsiyasiga tayanib xabar berdi.

Talabalardan iborat namoyishchilar Bangladesh markazidagi Narsingdi tumanidagi qamoqxonaga bostirib kirib, mahbuslarni ozod qildi va keyin qamoqxonani yoqib yubordi”, deyiladi agentlik bayonotida.

Qayd etilishicha, qamoqdan ozod etilganlarning aniq soni noma’lum, ammo ular yuzdan oshiqligi xabar qilinmoqda.

"Shu bilan birga, Bangladesh poytaxti Dakkada mitinglar, yurishlar va yig‘ilishlar o‘tkazishga e’lon qilingan taqiq politsiya bilan to‘qnashuvlarning oldini olmadi", deyiladi xabarda.

Bangladeshda talabalar noroziliklari shu oy boshida Oliy sud 1971 yildagi Mustaqillik urushida qatnashgan ozodlik kurashchilarining qarindoshlari uchun 30% ish kvotalarini tiklash to‘g‘risida qaror chiqarganidan keyin boshlandi.

Bangladesh sudi qarorni bir oyga to‘xtatib qo‘yganiga qaramay, norozilik namoyishlari davom etdi. Bosh vazir Shayx Hasina ushbu toifadagi fuqarolar uchun ish kvotasiga qarshi chiqqanlarni qoraladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bangladeshda namoyishchilar qamoqxonaga kirib, mahbuslarni ozod qildi