10:26 / 21.07.2024
174

Belarusda Germaniya fuqarosi o‘limga hukm qilindi

Belarusda Germaniya fuqarosi o‘limga hukm qilindi
Foto: Riko Kreger
Germaniya TIV Belarusda Germaniya fuqarosi o‘lim jazosiga hukm qilingani haqida xabar berdi.

Belarusda ekstremistik tashkilot deb tan olingan “Vesna” inson huquqlari markazi ma’lumotlariga ko‘ra, gap 30 yoshli Riko Kriger haqida ketmoqda.

Markazning aniqlik kiritishicha, nemis erkak Belarus Jinoyat kodeksining olti moddasi bo‘yicha sud qilingan. Xususan, u uyushgan guruh tarkibida terakt tayyorlashda ayblangan. Erkak 2023 yil noyabridan beri hibsda saqlanayotgan bo‘lsa-da, sud jarayoni joriy yilning 6 iyun kuni boshlangan. Sud uni o‘limga hukm qilgan.

Germaniya Ichki ishlar vazirligining qo‘shimcha qilishicha, idora va Germaniyaning Minskdagi elchixonasi Riko Krigerga konsullik yordami ko‘rsatmoqda va uning manfaatlari yo‘lida Belarus hukumati bilan faol ishlamoqda. Belarus Adliya vazirligi ma’lumotga izoh berishdan bosh tortgan.

“Vesna” ishning Kastusi Kalinovskiy polki bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligi haqida xabar bergan. Kastusi Kalinovskiy — Ukraina armiyasi tomonida jang qilayotgan ko‘ngilli yollanma bo‘linma. Belarusda u ekstremistik deb tan olingan. Riko Krigerning LinkedIn profiliga ko‘ra, u avval Germaniya Qizil Xoch jamiyatida feldsher va AQSHning Berlindagi elchixonasida qurolli xavfsizlik xodimi bo‘lib ishlagan.

Huquq himoyachilarining so‘zlariga ko‘ra, bu Belarusda yollanma jinoyati uchun sudlanganlik bo‘yicha birinchi holatdir. Belarus Yevropada o‘lim jazosi hali ham qo‘llaniladigan yagona davlatdir. Amnesty International xabar berishicha, 2022 yilda mamlakatda bir kishi qatl etilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Belarusda Germaniya fuqarosi o‘limga hukm qilindi