
Qirg‘iziston maxsus xizmatlari xalqaro terrorchi tashkilotlardan birining uch nafar a’zosini qo‘lga olish bo‘yicha operatsiya o‘tkazdi. Bu haqda Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi xabar berdi.
«Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi Rossiya Federatsiyasi FXX bilan birgalikda radikal guruhga a’zo bo‘lgan xalqaro terrorchi tashkilot tarafdorlarini qo‘lga olib, Qirg‘iziston Respublikasiga olib keldi», — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, ular yoshlarni o‘z saflariga jalb qilish, ijtimoiy tarmoqlarda terrorchilik g‘oyasini tarqatish bilan shug‘ullangan.
Gumonlanuvchilarning ism-shariflari, shuningdek, ular mansub bo‘lgan terror tashkilotining nomi aytilmagan. Hozirda tergov-tezkor tadbirlari olib borilmoqda.
Qirg‘izistonMilliy XavfsizlikXalqaro TerrorchilarRadikal GuruhIjtimoiy TarmoqlarTergov-Tezkor Tadbirlar O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing