11:41 / 21.07.2024
78

AQSH: Eron yadroviy qurol yaratishga har qachongidan ham yaqinroq

AQSH: Eron yadroviy qurol yaratishga har qachongidan ham yaqinroq
Foto: TASS
Eron yadro dasturini tezlashtirdi va yadroviy qurol yaratishga yaqin, deya AQSH davlat kotibi Entoni Blinken xavotir bildirdi.

"Biz so‘nggi haftalar va oylarda Eron haqiqatan ham yadroviy qurol uchun yoqilg‘i sifatida ishlatilishi mumkin bo‘lgan parchalanuvchi materiallarni ishlab chiqishda muvaffaqiyatga erishayotganini ko‘rdik", deydi Blinken.

Shuningdek, Blinken AQSH sobiq prezidenti Donald Tramp ma’muriyatini 2018 yilda Eron yadroviy kelishuvidan chiqqanligi uchun ayblagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Eron hali o‘z qurolini yaratmagan, lekin ular parchalanuvchi materiallar, portlovchi qurilmalarni birlashtirishini, shuningdek, mamlakat yadro quroliga ega ekanini ta’kidlagan.

"Qo‘shma Shtatlar Eronning bomba ustida ishlayotganiga oid har qanday alomatlarni diqqat bilan kuzatmoqda hamda Tehronni jilovlash uchun diplomatik sa’y-harakatlarni amalga oshirmoqda", deydi Blinken.

AQSH Milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchi Jeyk Sallivanga ko‘ra, Vashington, Eron va uning ittifoqchilari tomonidan aprel oyida Isroilga uyushtirilgan hujumlardan so‘ng, Eron rasmiylarining bunday imkoniyat haqida fikr yurituvchi jamoatchilik sharhlari sezilarli darajada oshganini aytgan.

Sallivan agar Eron bu yo‘ldan harakatlansa, ular Qo‘shma Shtatlar bilan haqiqiy muammoga duch kelishidan ogohlantirgan.

Eronning yangi prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon G‘arbga murojaat qilib, Eronni “yakkalanganlikdan olib chiqish” va mamlakatni xalqaro sanksiyalardan xalos etishga harakat qilishini aytgan. Xususan, u Eron va jahon kuchlari o‘rtasida 2015 yilda imzolangan yadroviy kelishuvni qayta tiklash tarafdori.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSH: Eron yadroviy qurol yaratishga har qachongidan ham yaqinroq