11:50 / 22.07.2024
173

Maxfiy xizmat Trampni qo‘riqlashni kuchaytirishdan bosh tortdi

Maxfiy xizmat Trampni qo‘riqlashni kuchaytirishdan bosh tortdi
Foto: AFP
AQSH maxfiy xizmati uzoq vaqt davomida sobiq prezident Donald Trampning xavfsizligini ta’minlash uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratish haqidagi so‘rovlarni rad etgan. Bu haqda The Washington Post xabar berdi.

Maxfiy xizmat matbuot kotibi Entoni Gulelmi ma’lumotni tasdiqlagan. U rad etilgan so‘rovlar sobiq prezidentga suiqasd uyushtirilgan miting bilan bevosita bog‘liq emasligini aytmoqda. Sobiq prezidentni qo‘riqlash vazifasi yuklangan xodimlar siyosatchi bo‘lgan tadbirlar va yig‘ilishlarni tekshirish uchun magnitofonlar va qo‘shimcha xodimlar so‘ragan.

Bundan tashqari ochiq havoda o‘tkaziladigan tadbirlarda qo‘shimcha snayperlar va mutaxassislarni jalb etish bo‘yicha so‘rov yuborilgan. Maxfiy xizmat bu talablarni qondirishdan bosh tortishini resurslar yetishmasligi bilan izohlagan.

Trampning maslahatchilari AQSHning birinchi shaxslarini himoya qilish uchun mas’ul bo‘lgan xizmat “sobiq prezidentni himoya qilishda yetarli ish qilmayotganidan” bir necha bor norozilik bildirgan.

Tramp shtab-kvartirasi Gulelmining bayonotiga izoh berishdan bosh tortgan. Bugungi kunda Maxfiy xizmat 20 dan ortiq kishining xavfsizligi uchun javob beradi, ularning aksariyati doimiy qo‘riqlashni talab qiladi. 2010 yildan beri xodimlar yetishmovchiligi kuzatilmoqda, ularni yollashga esa cheklovlar joriy etilgan. File engine/social.php not found.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Maxfiy xizmat Trampni qo‘riqlashni kuchaytirishdan bosh tortdi