
Robert Frensis (Kichik) Kennedi.
Foto: RBK
AQSH prezidenti saylovida mustaqil nomzod sifatida qatnashayotgan Robert (Kichik) Kennedi bayonot berishicha, Respublikachilar partiyasi nomzodi Donald Trampni faqat u yenga oladi. Bu haqda Associated Press xabar berdi.
«Donald Trampni yengishi mumkin bo‘lgan boshqa nomzod yo‘q. Bu saylovda g‘alaba qozonishimga ishonaman», — dedi Robert Kennedi.
Eslatib o‘tamiz, 21 iyul kuni Demokratlar partiyasi nomzodi Jo Bayden prezidentlik uchun kurashishdan chiqqanini rasman e’lon qildi.
Ma’lumot uchun: Robert Frensis (Kichik) Kennedi (1954 y. tug‘ilgan) — radiokompaniya egasi, aktivist va advokat (atrof-muhit muhofazasiga ixtisoslashgan), prezidentlik uchun mustaqil nomzod. Uning otasi Robert Frensis Kennedi — AQSHning 35-prezidenti Jon Kennedining ukasi.
Qo‘shimcha ma’lumot: uning otasi Robert Kennedi (1925 y. tug‘ilgan) — Amerikaning taniqli siyosiy va davlat arbobi. AQSH bosh prokurori (1961–1964), Nyu-York shtatidan senator (1965–1968) bo‘lgan. 1968 yilda AQSH prezidentligi uchun kurashgan. O‘sha yilning 5 iyunida tarafdorlari qarshisida so‘zlayotgan paytida terrorchi o‘q uzib, unga og‘ir jarohat yetkazadi, 6 iyun kuni vafot etgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar