06:53 / 23.07.2024
184

Latviya Rossiya bilan chegarada “ajdar tishlari” ni o‘rnatishni boshladi

Latviya Rossiya bilan chegarada “ajdar tishlari” ni o‘rnatishni boshladi
Foto: Videodan kadr
Latviya Rossiya bilan chegarada “ajdar tishlari” deb nomlangan tankka qarshi to‘siqlarni o‘rnatishni boshladi. Bu haqda Yevroparlament deputati, Riga sobiq meri Nil Ushakov ma’lum qildi.

U o‘zining Telegram kanalida o‘rnatilgan beton istehkomlar chizig‘i – “ajdar tishlari” tasvirlangan videoni joylashtirgan.

Zilupe yaqinidagi Terexovo nazorat-o‘tkazish punktiga kiraverishda tankka qarshi istehkomlar zaxiralari, deyiladi post tavsifida.

Latviya, Estoniya va Litva yanvar oyida Rossiya va Belarus bilan chegarada mudofaa chizig‘i qurilishini ma’qullashga kelishib olgan edi. Polsha mazkur tashabbusga iyun oyida qo‘shilgan.

Ushbu davlatlar rasmiylari yaqin yillarda o‘z chegaralarida mudofaa zonasi yaratish niyatini bildirgan. Tashabbus mualliflariga ko‘ra, Rossiya va Belarus bilan chegarada mudofaa chizig‘i Yevropa Ittifoqini Moskvadan kelayotgan harbiy tahdidlar va boshqa xavfli harakatlardan himoya qilish uchun zarur.

Aprel oyida Financial Times Sharqiy Yevropa davlatlari Rossiyadan hujumga tayyorlanayotgani, ularning fikricha, Ukrainadagi mojaro tugaganidan keyin hujum qilishi mumkinligi haqida yozgan edi.

Rossiya rasmiylari Moskva boshqa davlatlarga, jumladan Shimoliy Atlantika alyansidagi davlatlarga ham hujum qilishni rejalashtirayotgani haqidagi da’volarni bir necha bor rad etgan. Rossiya prezidenti Vladimir Putin bunday bayonotlarni “bema’nilik” deb atagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Latviya Rossiya bilan chegarada “ajdar tishlari” ni o‘rnatishni boshladi