08:12 / 23.07.2024
513

Trampga uyushtirilgan suiqasd bo‘yicha kutilmagan tafsilotlar ma’lum bo‘ldi

Trampga uyushtirilgan suiqasd bo‘yicha kutilmagan tafsilotlar ma’lum bo‘ldi
© RIA Novosti. AP Photo
AQSH prezidentligiga nomzod Donald Trampga saylovoldi tashviqoti vaqtida suiqasd uyushtirmoqchi bo‘lgan Metyu Kruks tadbirdan bir necha soat oldin o‘sha joy ustida dron uchirgan, deb yozadi “Wall Street Journal”.

"Tomas Metyu Kruks 13 iyul kuni ertalab, Trampning omadsiz mitingi oldidan Butler Farm Show ko‘rgazma majmuasi hududini o‘rganish uchun dasturlashtirilgan trayektoriya bo‘ylab dron uchirgan, dedi rasmiylar", - deb yozmoqda nashr.

Bundan tashqari, maqolada qayd etilishicha, jinoyatchi bir necha marta dronni ishga tushirgan. Nashr, shuningdek, Trampning mitingi joyi va vaqti ma’lum bo‘lgach, Kruks ko‘rgazma majmuasi maydonini o‘rganishni boshlaganini yozadi. U tadbir uchun ro‘yxatdan o‘tgan va maydonni ko‘zdan kechirish uchun kelgan. Hujumchining mashinasidan drondan tashqari portlovchi moddalar, o‘q o‘tkazmaydigan jilet va yuzga yaqin o‘q-dorilar topilgan. Nashrning ta’kidlashicha, Kruks qirg‘in qilishni rejalashtirgan bo‘lishi mumkin.

13 iyul kuni Trampga saylovoldi tashviqoti chog‘ida suiqasd uyushtirildi. Siyosatchi qulog‘idan yaralandi va u tadbirdan olib ketildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, u juda ko‘p qon yo‘qotgan. Ammo sobiq prezident shifoxonadan tez chiqdi.

Hujumchi, pensilvaniyalik 20 yoshli Tomas Metyu Kruks sahnadan yuz metrcha uzoqlikdagi sanoat binosi tomida - tadbir o‘tkazilgan hududdan tashqarida yashiringan. U sahnaga qarab bir necha marta o‘q uzishga muvaffaq bo‘ldi.
Hujum chog‘ida saylovoldi miting ishtirokchilaridan biri halok bo‘ldi, yana ikki kishi og‘ir yaralandi.

Oq uy rahbari Jo Bayden ushbu voqeani izohlar ekan, suiqasd bo‘yicha tergov tez sur’atlarda o‘tkazilishiga va’da berdi. Shu bilan birga, u barcha holatlarga oydinlik kiritilgunga qadar otishmaning maqsadi haqidagi taxminlarga berilmaslikka chaqirdi. Prezident, shuningdek, Trampning saylovoldi mitingidagi xavfsizlik choralarini har tomonlama va mustaqil ko‘rib chiqishni buyurdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Trampga uyushtirilgan suiqasd bo‘yicha kutilmagan tafsilotlar ma’lum bo‘ldi