10:55 / 23.07.2024
36

Isroil G‘azodagi gumanitar zonada operatsiya o‘tkazishga tayyorlanmoqda

Isroil G‘azodagi gumanitar zonada operatsiya o‘tkazishga tayyorlanmoqda
Foto: Haber
Isroil armiyasi qo‘mondonligi G‘azo sektori janubidagi gumanitar zonaning bir qismidan tinch aholini evakuatsiya qilishga buyruq berdi. Bu haqda BBC xabar qildi.

So‘nggi ikki hafta ichida Isroil ushbu hududga bir necha bor havo hujumlarini amalga oshirdi, oqibatda jami 90 nafar tinch falastinlik halok bo‘ldi. Bu ma’lumotlarni mustaqil ravishda tasdiqlash mumkin emas. Isroil zarbalar HAMASning harbiylashgan qismiga qaratilganini davo qilmoqda.

Endilikda yahudiy davlati armiyasi ushbu hududdagi operatsiyaning quruqlikdagi bosqichiga o‘tishga hozirlik ko‘rmoqda. Gumanitar zona 2023 yil oktyabr oyida HAMASning Isroilga hujumiga javoban yahudiy davlati operatsiyasining boshidayoq armiya tomonidan belgilangan. U yerda shu paytgacha hech qanday jangovar harakatlar bo‘lmagan va gumanitar yordam ko‘rsatilgan. G‘azoning shimoliy qismida yashovchi falastinliklar ham ushbu zonaga ko‘chirilgan edi.

Isroil harbiylariga ko‘ra, hozirda HAMAS jangchilari xavfsiz hudud hisoblangan Xon Yunis chekkasida joylashgan. U yerdan Isroil armiyasiga qarshi raketa va artilleriya otishmalari olib borilmoqda. Yahudiy davlati gumanitar hudud chegaralarini Al-Mavasigacha qisqartirib, aholini shu yo‘nalishga evakuatsiya qilishga qaror qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Isroil G‘azodagi gumanitar zonada operatsiya o‘tkazishga tayyorlanmoqda