12:38 / 23.07.2024
97

Iroqdagi terrorchilikda ayblangan 10 nafar fuqaro osib o‘ldirildi

Iroqdagi terrorchilikda ayblangan 10 nafar fuqaro osib o‘ldirildi
Foto: “iraqinews.com”
Iroq sudi 22 iyul kuni terrorizmda ayblangan 10 nafar fuqaroni osib o‘ldirishga hukm qilgan. Bu haqda Arab News nashri xabar berdi.

Manbada aytilishicha, 10 nafar fuqaro terroristik hujumlarda va ISHID tashkilotiga a’zolikda ayblangan. Maxsus xizmatlar mamlakat bo‘ylab o‘tkazilgan reydlarda jinoyatchilarni hibsga olgan.

Hukm Nosiriya shahridagi al-Xut qamoqxonasida amalga oshirilgan. Ushbu ma’lumotni Iroq terrorizmga qarshi kurash xavfsizlik departamenti tasdiqlagan.

Ayblanuvchilar terrorizmga qarshi qonunning 4-moddasiga binoan osib o‘ldirilgan. Ularga qasddan odam o‘ldirish, tartibsizlik keltirib chiqarish uchun qurolli harakat sodir etishga tayyorgarlik ko‘rish va terrorchi guruhlar bilan aloqadorlik ayblovlari qo‘yilgan. Hukm ijro etilgach, sog‘liqni saqlash departamenti jinoyatchilarning jasadlarini qabul qilib olgan.

So‘nggi yillarda Iroq sudi “terrorizm”da ayblangan iroqliklarga yuzlab o‘lim va umrbod ozodlikdan mahrum etish hukmlarini chiqargan. Iroq qonunchiligiga ko‘ra, terrorizm va qotillik jinoyatlari uchun o‘lim jazosi tayinlanadi. Qatl haqidagi farmonlar prezident tomonidan imzolanadi.

10 kishiga tayinlangan osib o‘ldirish jazosi haqida Iroq hukumatining anonim manbasi xabar bergan. Hukm ijro etilgan al-Xut qamoqxonasi arab tilida “kit” degan ma’noni bildiradi. U o‘ta og‘ir tartibli koloniya bo‘lib, unga kiritilganlar tirik chiqmasligi aytiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Iroqdagi terrorchilikda ayblangan 10 nafar fuqaro osib o‘ldirildi