20:29 / 23.07.2024
101

Baydenning xastaligi bilan bog‘liq g‘alati tafsilotlar aniqlandi

Baydenning xastaligi bilan bog‘liq g‘alati tafsilotlar aniqlandi
Foto: AFP
AQSH prezidenti Jo Bayden o‘tgan hafta Las-Vegasga so‘nggi safari chog‘ida shoshilinch tibbiy yordamga muhtoj bo‘lgan, deya The Dossier nashriga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Nashrning qo‘shimcha qilishicha, samolyot shundan so‘ng uni koronavirus aniqlangani bahonasida zudlik bilan Sharqiy qirg‘oqqa olib ketgan.

Bayden o‘tgan hafta Las-Vegasga saylovoldi safarini bekor qilgan edi. Oq uy ma’lumotlariga ko‘ra, Amerika prezidentiga koronavirus tashxisi qo‘yilgan, shundan so‘ng davlat rahbari davolanish va izolyatsiya uchun Delaver shtatida joylashgan Rexobot-Bichdagi uyiga olib ketilgan. Keyinroq Bayden ikkinchi muddatga qayta saylanish rejalaridan voz kechganligini e’lon qilgan.

"O‘sha kuni xizmatda bo‘lgan bir qator huquq-tartibot idoralari xodimlariga radio orqali Prezidentga shoshilinch tibbiy yordam kerakligi haqida xabar berilgan. U politsiyaning shifrlangan radioto‘lqinlari orqali qandaydir besh signalli yong‘in chiqqandek yuborilgan", — deyiladi xabarda.

Nashr suhbatdoshlarining so‘zlariga ko‘ra, Las-Vegasdagi yuzlab politsiyachilar ushbu xabarni qabul qilishgan va bu Oq uy rasmiylarining “Baydenga koronavirus tashxisi qo‘yilgan va kasallikning yengil alomatlarini boshdan kechirayotgani” haqidagi xabarlaridan tabiatan farq qilgan.

Qayd etilishicha, shahar maxsus xizmatlari Baydenning ahvoli haqidagi signalni olgach, prezident kelishiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida mahalliy tibbiyot markazini o‘rab olgan, biroq Bayden jamoasi uni kasalxonaga yotqizishdan bosh tortgan va buning o‘rniga uni zudlik bilan uyiga yetkazish uchun aeroportga jo‘natgan.

"COVID-19 uchun oddiy ijobiy test bunday keskin va ommaviy reaksiya uchun asos bo‘lmaydi", deb yozadi nashr.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Baydenning xastaligi bilan bog‘liq g‘alati tafsilotlar aniqlandi