20:25 / 24.07.2024
356

Ukrainalik sobiq harbiy: “Hududlarni qaytarish istagi zaiflashmoqda”

Ukrainalik sobiq harbiy: “Hududlarni qaytarish istagi zaiflashmoqda”
Foto: AP
Ukrainada 1991 yilgi chegaralarga qaytish istagi charchoq va og‘ir yo‘qotishlar tufayli zaiflashib borayotgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda tahlilchi va sobiq ukraina askari Viktor Kovalenko Newsweek nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

"Ukrainaning barcha hududlarni qaytarish bo‘yicha ruhiyati charchoq va og‘ir yo‘qotishlar tufayli tushib ketishi mumkin", dedi Kovalenko.

Uning ta’kidlashicha, Ukraina armiyasi mudofaa pozitsiyasini egallab turibdi va qarshi hujum qilish imkoniyatiga ega emas. Tahlilchining fikricha, 1991 yilgi chegaralarga qaytish tarafdorlari sonining kamayishi Vladimir Zelenskiyga vatandoshlarining jiddiy noroziligidan qo‘rqmasdan mojaroni tugatish uchun ko‘proq diplomatik erkinlik beradi.

Kovalenkoning so‘zlariga ko‘ra, Zelenskiy rossiyaparast Donbassdan qutulish uchun mojarodan foydalanishni ko‘rib chiqishi mumkin.

"Ukraina jamiyatining muhim qismi sanoatlashgan Donbass moliyaviy yuk ekanligini va Ukrainaning Yevropa Ittifoqi va NATOga olib boradigan yo‘liga xalaqit berishiga shartli rozi", deya qo‘shimcha qilgan ekspert.

Avvalroq Kiyev xalqaro sotsiologiya instituti (KXSI) o‘tkazgan so‘rov ma’lumotlari mamlakatda Rossiya bilan mojaroga barham berish uchun hududlardan voz kechishga rozi bo‘lgan fuqarolar soni ortib borayotganini ko‘rsatgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukrainalik sobiq harbiy: “Hududlarni qaytarish istagi zaiflashmoqda”