21:00 / 24.07.2024
98

Tramp Harris bilan bahslashishga tayyorligini ma’lum qildi

Tramp Harris bilan bahslashishga tayyorligini ma’lum qildi
Foto: PBS news
AQSH prezidentligiga nomzod Donald Tramp vitse-prezident Kamala Harris bilan debat qilish niyatida ekanini aytdi. Bu haqda Politico xabar berdi.

10 sentyabrga rejalashtirilgan navbatdagi debat ABC News telekanali tomonidan o‘tkaziladi. Ammo 24 iyul kuni bo‘lib o‘tgan telefon matbuot anjumani chog‘ida Tramp Harris bilan bahslashishini aytgan va “aslida bir nechta debat o‘tkazishga tayyorligini” ma’lum qilgan.

"Agar siz Demokratik yoki Respublikachilar partiyasidan nomzodlikka da’vogar bo‘lsangiz, shunchaki debat o‘tkazishingiz shart", deydi Tramp.

Politico‘ga ko‘ra, Trampning konferensiya qo‘ng‘irog‘i immigratsiya masalasiga qaratilgan bo‘lib, bu orqali Tramp Harrisga qarshi kurashning markaziy qismiga aylantirishni rejalashtirmoqda.

22 va 23 iyul kunlari Reuters va Ipsos tadqiqot firmasi o‘tkazgan milliy so‘rovnomada Harris AQSH sobiq yetakchisini 2 foizga ortda qoldirgan.

21 iyul kuni Bayden prezidentlik kampaniyasi yakunlanganini e’lon qilgan va Harrisni noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan AQSH prezidentligi saylovlarida qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qilgan.

Baydenning bayonotini sharhlar ekan, Tramp uni AQSH tarixidagi eng yomon prezident deb atagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp Harris bilan bahslashishga tayyorligini ma’lum qildi