13:40 / 25.07.2024
291

Chiqindi yig‘ib sotuvi kasal bola xitoyliklarni ta’sirlantirdi (video)

Chiqindi yig‘ib sotuvi kasal bola xitoyliklarni ta’sirlantirdi (video)
Xitoy ijtimoiy tarmoqlarida 13 yashar bola o‘zi va 65 yoshli amakisini boqish uchun axlat orasidan plastik quti va butilkalarni terib yurgani tasvirlangan video ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi. Ota-onasidan erta ajralgan Yuan Lyusho ismli bu bola haqidagi hikoya South China Morning Post nashrida xabar qilindi, deb yozadi “Pravila jizni” nashri.

Foto: South China Morning Post
Bolakay bitta buyrak bilan tug‘ilgan. Uning otasi uch yoshligida vafot etgan, Yuanning onasi esa uni tashlab ketgan. Ammo Yuan bunda onasini ayblamaydi, chunki u ayol epilepsiya (tutqanoq) dan aziyat chekar va farzandiga yetarli darajada g‘amxo‘rlik qilolmasdi. Shu sabab Yuan 4 yoshidan buyon Xitoyning Xenan provinsiyasida amakisi bilan birga yashab kelmoqda.

2019 yil dekabr oyida bolaga uremiya kasalligining so‘nggi bosqichi tashxisi qo‘yildi. Bu xastalik organizmda zaharli moddalar to‘planib qolishi natijasida og‘ir turdagi buyrak yetishmovchiligi bilan rivojlanadi.

Foto: South China Morning Post
Yuanning amakisi ham davolanishga muhtoj, shuning uchun ikkisi mahalliy kasalxonalardan biriga yotqizilgan. U yerda Yuan to‘rt yildan beri haftasiga uch marta dializ terapiyasi (qondagi ortiqcha suv va toksinlarni sun’iy ravishda chiqarib tashlash jarayoni) dan o‘tadi. Mahalliy hokimiyat organlari ta’kidlashicha, davlat budjeti tomonidan bolaning davolanishi uchun zarur bo‘lgan 300 ming yuandan (o‘rtacha 40 ming AQSH dollari) 280 mingi to‘lab berilgan.

Foto: MSN
Biroq afsuski, davlat tomonidan berilgan moddiy yordam Yuan va uning amakisi davolanishiga yetmasdi. Ular shu vaqtgacha faqat 600 yuan (82 dollar) miqdordagi nafaqa puliga kun ko‘radi. Shu sababli xasta bola axlat yig‘ish va topilgan plastik, shisha idishlarni sotish orqali pul topishga majbur bo‘ldi. Bu ishidan bolakay kuniga 10 yuan (1,3 dollar) ishlab topadi.

Kunlarning birida Yuanni Douyin (TikTok'ning xitoycha versiyasi) platformasida 1,8 million obunachisi bo‘lgan bloger Caicai'ni ko‘chada ko‘rib qoldi. Bloger bola bilan suhbatlashib, uning ahvoli haqida ma’lumot oldi va sahifasiga Yuan haqidagi videoni joyladi:

Uning videosi sakkiz milliondan ortiq tomosha qilindi. Buning natijasida foydalanuvchilar davolanish uchun zarur bo‘lgan mablag‘ni to‘liq yig‘ishga muvaffaq bo‘ldi. Bundan tashqari, ba’zilar kasalxonaga ovqat buyurtma qila boshladi. Shifokorlar esa hozirda Yuan uchun buyrak donori izlamoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Chiqindi yig‘ib sotuvi kasal bola xitoyliklarni ta’sirlantirdi (video)