
Foto: Videodan kadr
Polsha poytaxti Varshavada bir guruh bezorilardan o‘zini pichoq bilan himoya qilgan va yakunda politsiya tomonidan ushlangan o‘zbekistonlik yigitga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi bekor qilindi. Bu haqda O‘zbekistonning Polshadagi elchixonasi xabar berdi.
«Polsha huquq-tartibot idoralari bilan M.Kozimjonovning huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida olib borilgan muzokaralar va tezkor tadbirlar natijasida fuqaromizga nisbatan 2024 yilning 24 iyul kuni qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi bekor qilinishiga erishildi», deyiladi xabarda.
Qayd qilinishicha, hodisa yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda va holat diplomatik vakolatxona nazorati ostida. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar