00:10 / 26.07.2024
19

Ekspert: “AQSH saylovchilari Rossiyani Ukraina yordamida yengish rejasini qo‘llab-quvvatlamaydi”

Ekspert: “AQSH saylovchilari Rossiyani Ukraina yordamida yengish rejasini qo‘llab-quvvatlamaydi”
Foto: Shutterstock
Amerikalik saylovchilarning ko‘pchiligi NATOning vositachi – Ukraina yordamida “Rossiyani harbiy yo‘l bilan mag‘lub etish” rejasini qo‘llab-quvvatlamaydi. Bu haqda Nyu Yorkdagi BMTga qarashli Shiller institutining vakili Richard Blek xabar berdi.

"AQSH saylovchilarining katta qismi NATOning “Rossiyani harbiy yo‘l bilan mag‘lub etish” rejasini qo‘llab-quvvatlamaydi", dedi Blek “RIA Novosti” nashriga.

Shu bilan birga, u Vengriya bosh vaziri Viktor Orbanning Kiyev, Moskva va Pekinga tashrifidan so‘ng AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvi ham amaldagi prezidenti Jo Bayden va uning vitse-prezidenti Kamala Harris siyosatiga “bosim o‘tkazishi” mumkinligini ta’kidlagan.

Blek keyingi olti oy insoniyat duch kelishi mumkin bo‘lgan eng xavfli muddat bo‘lishi mumkinligini aytgan.

Rossiya tomoni Ukrainaga qurol yetkazib berish kelishuvga xalaqit berayotganini, NATO davlatlarini to‘g‘ridan to‘g‘ri mojaroga jalb etish orqali “o‘t bilan o‘ynashilayotganini” aytgan. Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov Ukraina uchun qurol bo‘lgan har qanday yuk Rossiya uchun qonuniy nishonga aylanishini qayd etgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSH va NATO nafaqat qurol-yarog‘ yetkazib berish, balki Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya va boshqa mamlakatlarda kadrlar tayyorlash orqali mojaroda bevosita ishtirok etmoqda. Kremlning ta’kidlashicha, Ukrainani G‘arb qurollari bilan to‘ldirish muzokaralarga hissa qo‘shmaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ekspert: “AQSH saylovchilari Rossiyani Ukraina yordamida yengish rejasini qo‘llab-quvvatlamaydi”