
Foto: Olmaota hokimligi matbuot xizmati
Qozog‘iston mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligi mamlakatga qaysi mamlakatlardan mehnat migrantlari kelib ishlayotganini ma’lum qildi.
Vazirlikka ko‘ra, Qozog‘istonga mehnat migrantlari asosan to‘rt mamlakatdan kelmoqda:
Xitoy — 4 123 kishi
O‘zbekiston — 1 968 kishi
Turkiya — 1 152 kishi
Hindiston 1 114 kishi.
2024 yil 1 iyul holatiga, Qozog‘istonda ishlayotgan chet elliklar soni 14 049 nafarni tashkil etmoqda.
Ular asosan:
- qurilish;
- qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaliklari;
- ma’muriy va yordamchi xizmat;
- tog‘-kon sanoati va qayta ishlash sanoati yo‘nalishlarida faoliyat yuritmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar