Foto: anfdeutsch.com
Eron Islom inqilobiy sudi kurd jurnalisti va siyosiy faol Paxshan Aziziyni o‘limga hukm qildi, deya Hengaw inson huquqlari tashkiloti xabar berdi.
Ayol “isyon qilganlikda” va “hukumatga qarshi qurolli qo‘zg‘olon ko‘targan guruhlarga a’zolik”da aybdor deb topilgan. Shuningdek, u “Kurdiston erkin hayot partiyasi”da qatnashgani uchun to‘rt yillik qamoq jazosiga hukm qilingan.
Aziziy telefon qo‘ng‘irog‘i va oilasi bilan uchrashish huquqidan ham mahrum qilingandi. Bir kun avval ayol tashkilotga ochiq xat yo‘llab, unda ko‘plab qiynoqlar va ta’qiblarga uchraganini yozgan.
Ish bo‘yicha tinglovlar may va iyun oylarida bo‘lib o‘tgan, biroq eronlik advokat bu haqda faqat 24 iyul kuni xabardor qilingan.
Evin qamoqxonasining ayollar bo‘limidagi mahbuslar Aziziyning o‘lim jazosiga qarshi norozilik bildirish uchun hibsxona hovlisida ish tashlashgan. Ular o‘z kameralariga qaytmasliklarini e’lon qilishgan.
Paxshan Aziziy Eron razvedka xizmatlari tomonidan 2023 yilning 4 avgustida hibsga olingan. O‘sha yilning dekabr oyida u sudsiz Evin qamoqxonaning ayollar bo‘limiga o‘tkazilgan.
Aziziy huquq muhofazasi faoliyati bilan shug‘ullangan va Kurdiston mintaqasida ayollar huquqlari bilan bog‘liq vaziyatni yaxshilash uchun kurashgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi