10:01 / 27.07.2024
33

Tramp unga suiqasd uyushtirilgan Batlerda yana miting o‘tkazishni rejalashtirmoqda

Tramp unga suiqasd uyushtirilgan Batlerda yana miting o‘tkazishni rejalashtirmoqda
Foto: Google Images
AQSHning 45-prezidenti Donald Tramp Batler (Pensilvaniya) aholisiga “katta va chiroyli miting” o‘tkazishga va’da berdi. 14 iyul kuni bu shaharda Oq uyning sobiq rahbariga suiqasd uyushtirilgandi.

Men Pensilvaniya shtatining Batler shahrida katta va chiroyli miting tashkil qilish uchun qaytaman”, deb yozdi Tramp o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida. U tadbir sanasini aytmadi.

Trampga uyushtirilgan suiqasdni 20 yoshli Tomas Metyu Kruks amalga oshirgani aniqlangan. U sobiq prezidentga bir necha bor o‘q uzgan. O‘qlardan biri siyosatchining qulog‘iga tegdi. Otishmada miting ishtirokchilaridan biri halok bo‘lgan, yana ikki nafari og‘ir yaralangan. Tomas Metyu Kruks o‘sha zahotiyoq Maxfiy xizmat xodimlari tomonidan o‘ldirilgan.

Kecha 26 iyul kuni Federal qidiruv byurosi (FQB) Donald Trampning hayotiga suiqasd bo‘yicha tergov doirasida uning o‘zini ham so‘roq qilmoqchi ekanligi haqida xabarlar paydo bo‘ldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp unga suiqasd uyushtirilgan Batlerda yana miting o‘tkazishni rejalashtirmoqda