21:40 / 28.07.2024
146

Eron oliy rahnamosi tashqi siyosatdagi ustuvor yo‘nalishlarni aytdi

Eron oliy rahnamosi tashqi siyosatdagi ustuvor yo‘nalishlarni aytdi
Foto: AP Photo
Eron oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiy mamlakat tashqi siyosatidagi ustuvor yo‘nalishlarni aytib o‘tdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Xomanaiyning so‘zlariga ko‘ra, Eron tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri qo‘shni davlatlar bilan munosabatlarni rivojlantirishdir.

Yana bir ustuvor yo‘nalish – Afrika va Osiyo davlatlari kabi diplomatik maydonimizni kengaytira oladigan mamlakatlar bilan munosabatlar”, — dedi oliy rahnamo.

Shuningdek, u Eronni qo‘llab-quvvatlagan davlatlar bilan mustahkam munosabatlarni ustuvor deb bilishini aytdi. Xomanaiy Yevropa davlatlari bilan munosabatlarni tilga olmaganini ta’kidladi. U bu Eronning mazkur davlatlarga nisbatan dushmanligini anglatmasligini bildirdi.

Yevropa mamlakatlarini ustuvorlik sifatida tilga olmasligim sababi, ular bir necha yil davomida bizga yaxshi munosabatda bo‘lmagani... Sanksiyalar, neft, turli masalalarda, masalan, inson huquqlariga oid yolg‘on bayonotlarda... ular yomon yo‘l tutishdi”, — deb tushuntirdi Xomanaiy.

U agar Yevropa davlatlari o‘zlarini bunday tutmasa, ular bilan munosabatlar ham Eron tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga kirishini qo‘shimcha qildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Eron oliy rahnamosi tashqi siyosatdagi ustuvor yo‘nalishlarni aytdi