Foto: “Newsgeorgia.ge”
Arxeologlar Gruziya g‘arbida taxminan 10 ming yil avval yashagan bola skeletini topdi. Bu haqda mahalliy nashr xabar berdi.
Noyob topilma Sachxer munitsipalitetidagi Bondi g‘orida aniqlangan. Suyak qoldiqlari tosh bilan qoplangan bo‘lib, olimlarning aytishicha, bu eng qadimgi dafn marosimlariga xosdir. Skelet 12 yoshgacha bo‘lgan bolaga tegishli ekani aytilmoqda.
Bondi g‘ori Gruziya Davlat universiteti professori Ilya Nikoloz Tushabramishvili boshchiligidagi ekspeditsiya davomida o‘rganilgan. Qazilmalar Chiatur o‘lkashunoslik muzeyiga topshirilgan. Yaqin kelajakda olimlar qadimgi odam suyaklaridan ajratib olingan DNKni tahlil qilishi kerak bo‘ladi. Genetik tahlillar xorijiy laboratoriyalarda o‘tkaziladi. Tadqiqotlarga Buyuk Britaniya, AQSH va Yaponiya ekspertlari jalb etilgan.
Tahlillar ilk migratsiya va Yevropa prototsivilizatsiyalari tarixiga oydinlik kiritish imkonini beradi. Bondi g‘ori noyob arxeologik yodgorlikdir. Tushabramishvili uni 2007 yilda ochgan. O‘shandan beri u yerda juda ko‘p topilmalar: qadimgi kuchli zilzila izlari, vulqon kuli, qoyatosh rasmlari va dunyodagi eng qadimgi yoshi 32 ming yillik kalava topilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi