13:38 / 29.07.2024
82

Hindistonlik eng badavlat oila Buyuk Britaniyada 73 million dollarlik ziyofat beradi

Hindistonlik eng badavlat oila Buyuk Britaniyada 73 million dollarlik ziyofat beradi
2024 yil mart oyida boshlangan va iyulgacha davom etgan to‘rt oylik to‘y marosimlariga qaramay, hindistonlik eng boy tadbirkorning o‘g‘li Anant Ambani va uning rafiqasi Radhika Merchant Buyuk Britaniyada hashamatli ziyofat o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

Foto: Alamy
Ular Stok Parkdagi yetti yulduzli hashamatli mehmonxonada hamda Berkshirdagi golf maydonchasiga ega oliy darajadagi saroyda navbatdagi bayram dasturini o‘tkazish niyatida. Taxmin qilinishicha, tadbirga Brtianiya sobiq bosh vaziri Boris Jonson va shahzoda Garri kabi hurmatli mehmonlar ham tashrif buyuradi.

2021 yilda Anantning otasi, Reliance Industries kompaniyasi rahbari Mukesh Ambani 73 million dollarga 121 gektar yer maydonini ijaraga oldi. Milliarder o‘zining o‘g‘li va keliniga uyushtirmoqchi bo‘lgan tadbir uchun mazkur yerni ta’mirlashni rejalashtirgan. Bundan xabar topgan mahalliy aholi hindistonliklar mehmonxonadan shaxsiy maqsadlarda foydalanishidan xavotirda.

Stok Park
Foto: Tripinadvisor

Mukesh Ambani esa faqatgina binolardagi shift va tomlar, yorilgan devorlarni rekonstruksiya qilish maqsadida. Uning so‘zlariga ko‘ra, bino uzoq muddat davomida qarovsiz qolgan va joylarni zamonaviy standartlarga muvofiq modernizatsiya qilish ishlari uchun katta mablag‘ ajratilgan.

Foto: Hindustan Times
Ambani fikricha, golf maydoni go‘zal bayram muhitini yaratish uchun mos emas va u dunyodagi eng yaxshi 200 ta golf maydonlari ro‘yxatiga kiritilmagan. Shu sababli qarovsiz qolgan maydonda yashil zona tashkil qilish, u yerda zamonaviy golf klubini qurish masalalari ko‘rib chiqilmoqda. Yaqin orada esa hindistonliklarga 4 ta hashamatli villa qurish uchun rasmiy ruxsatnoma berildi.

Stok Park
Foto: Alamy

Ambanilar oilasi ushbu yerdan sentyabr oyigacha foydalanish huquqiga ega. Bu esa shahar aholisining noroziligiga sabab bo‘lmoqda. Financial Times nashrining yozishicha, mehmonxonaning tashrif buyuruvchilar uchun to‘satdan yopib qo‘yilgani sababli Mukesh mahalliy kengash bilan kelishmay qolgan.

Stok Park yuridik firmasi Uizers mahalliy kengashga xat bilan chiqdi. Unga ko‘ra, Reliance Industries vakillari Stok Parkni uzluksiz egallab turmasligi hamda vaqti-vaqti bilan ushbu maydon mahalliy aholi uchun ochiq bo‘lishi talab qilingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Hindistonlik eng badavlat oila Buyuk Britaniyada 73 million dollarlik ziyofat beradi