13:30 / 30.07.2024
67

Isroil tashqi ishlar vaziri Turkiyani NATOdan chiqarib yuborishga chaqirdi

Isroil tashqi ishlar vaziri Turkiyani NATOdan chiqarib yuborishga chaqirdi
Foto: Reuters
Isroil tashqi ishlar vaziri Isroil Kas 29 iyul kuni bergan bayonotida Turkiyani NATOdan chiqarib yuborishga chaqirgan. Bu haqda tashqi ishlar vaziri so‘zlaridan iqtibos keltirib, Reuters nashri xabar berdi.

Isroil Kas Turkiya hukumatini NATO maqsadlariga mos kelmaydigan bayonotlar berish hamda ayricha siyosat yuritishda ayblagan. Anqaraning pozitsiyasi NATO ichida keskinlik shakllantirayotgani aytilgan.

Isroil rasmiysining bunday keskin munosabatiga Turkiya prezidentining so‘nggi bayonoti sabab bo‘lgan. Rajab Toyyib Erdo‘g‘on uning mamlakati o‘tmishda Liviya va Tog‘li Qorabog‘ga kirganidek Isroilga ham kirishi mumkinligini aytgan.

Turkiya Prezidenti Erdo‘g‘onning Isroilga bostirib kirish tahdidi va uning xavfli ritorikasidan kelib chiqqan holda, tashqi ishlar vaziri Isroil Kas diplomatlarga NATOning barcha a’zolari bilan zudlik bilan aloqaga chiqish to‘g‘risida ko‘rsatma berdi. Isroil Turkiya xatti-harakatlarini qoralashni va uni mintaqaviy alyansdan chiqarib yuborishni talab qildi”, deyiladi Isroil Tashqi ishlar vazirligi xabarida.

Isroil vakillari Turkiya pozitsiyasini Eronga yaqinlashuv deya baholagan. Radikal oqim tarafdori bo‘lgan mamlakatni esa G‘arb blogi tarkibida olib o‘tirishdan ma’no yo‘qligi aytilgan.

Isroilga qarshi terrorchilik hujumlari uchun javobgar bo‘lgan HAMAS rahbarlariga mezbonlik qilayotgan Turkiya Yamandagi “Ansorulloh”, Livandagi “Hizbulloh” bilan bir qatorda Eron jinoiy uyushmasiga a’zo bo‘lgan”, degan Isroil rasmiylari.

NATO rahbariyati Turkiyani a’zolikdan chiqarish masalasiga hali hech qanday munosabat bildirmagan. Isroil diplomatlari alyans bosh ofisi bilan qizg‘in muloqotda ekani xabar berilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Isroil tashqi ishlar vaziri Turkiyani NATOdan chiqarib yuborishga chaqirdi