19:00 / 30.07.2024
7

Hindistonda ko‘chkilar oqibatida kamida 90 kishi halok bo‘ldi

Hindistonda ko‘chkilar oqibatida kamida 90 kishi halok bo‘ldi
Foto: RTЕ+
Hindistonning Kerala shtatida kuchli yomg‘ir oqibatida yuzaga kelgan ko‘chkilar kamida 90 nafar kishining umriga zomin bo‘ldi. Bu haqda Times of India xabar berdi.

"Men Vayanad okrugidagi ko‘chkilar haqidagi xabarlardan qayg‘udaman. O‘z yaqinlarini yo‘qotganlar, jabrlanganlar uchun duodaman", deydi mamlakat bosh vaziri Narendra Modi.

Siyosatchining aniqlik kiritishicha, hozirda qutqaruv ishlari olib borilmoqda. U, shuningdek, Kerala bosh vaziri Pinarayi Vijayan bilan suhbatlashgan va unga markaziy hukumatdan barcha yordamni va’da qilgan.

Tabiiy ofat tufayli shtatdagi eng ko‘p zarar ko‘rgan Vayanad tumani bo‘lgan. U yerda qidiruv-qutqaruv ishlarini Hindistonning tabiiy ofatlarga qarshi kurash bo‘yicha milliy boshqarmasi, o‘t o‘chiruvchilar va politsiya vakillari olib bormoqda. 100 nafarga yaqin tinch aholi allaqachon qutqarib olingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Hindistonda ko‘chkilar oqibatida kamida 90 kishi halok bo‘ldi