20:51 / 30.07.2024
132

Harris saylovda g‘alaba qozonsa, AQSH yashash uchun xavfliroq bo‘ladi

Harris saylovda g‘alaba qozonsa, AQSH yashash uchun xavfliroq bo‘ladi
Foto: AP
Agar vitse-prezident Kamala Harris noyabrda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonsa, Qo‘shma Shtatlar yashash uchun yanada xavfli joyga aylanadi. Bu haqda Donald Trampning saylovoldi shtabi matbuot kotibi Karolin Levittga tayanib, Washington Post nashri xabar berdi.

Agar u bizning oliy qo‘mondonimiz bo‘lsa, Amerika yanada xavfliroq joyga aylanishiga shubha yo‘q, deya Levitt so‘zlaridan iqtibos keltiradi nashr.

Tramp saylovoldi tashviqoti vakili, shuningdek, Harrisda amaldagi prezident Jo Baydenning “zaif dasturi”ni ilgari surishdan tashqari tashqi siyosatda tajribasi yo‘qligini aytgan. Uning fikricha, bu “Ukrainadagi mojarolarga, AQSH dushmanlarining kuchayishiga va Isroilga hujumlarga” olib kelgan.

Avvalroq Tramp Harris bilan debat qilish niyatida ekanini aytgan edi. 24 iyul kuni bo‘lib o‘tgan onlayn matbuot anjumani chog‘ida Tramp vutse-prezident bilan bahslashishini aytgan va “aslida bir nechta debat o‘tkazishga tayyorligini” ma’lum qilgan.

O‘z navbatida, Kamala Harris Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda G‘azodagi azob-uqubatlarga jim qarab turmaslikka va’da bergan.

Urushni Isroil xavfsiz bo‘lgan, barcha garovga olinganlar ozod etilgan, G‘azodagi falastinliklarning azob-uqubatlari tugagan, falastinliklar o‘z erkinligi, qadr-qimmati va o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqidan foydalanishi mumkin bo‘lgan tarzda tugatish vaqti keldi, deya xulosa qilgan u.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Harris saylovda g‘alaba qozonsa, AQSH yashash uchun xavfliroq bo‘ladi