21:22 / 30.07.2024
104

“Tolibon” Afg‘onistonning G‘arbdagi elchixonalarini tan olishdan bosh tortdi

“Tolibon” Afg‘onistonning G‘arbdagi elchixonalarini tan olishdan bosh tortdi
Foto: Voice of America
“Tolibon” harakati Afg‘onistonning Germaniya va boshqa G‘arb mamlakatlaridagi elchixonalari tomonidan berilgan vizalar va pasportlarni tan olishdan bosh tortdi.

“Tolibon” nazoratidagi Afg‘oniston Tashqi ishlar vazirligi Berlin va Bonndagi, shuningdek, Avstriya, Shveysariya, Belgiya, Polsha hamda Yevropaning boshqa davlatlaridagi elchixonalar va konsulliklar tomonidan berilgan pasport, vizalar va boshqa hujjatlarni tan olmasligiga aniqlik kiritgan.

“Tolibon” xorijdagi afg‘onlar va Afg‘onistonga borishni xohlovchi xorijliklarni boshqa davlatlardagi xayrixoh vakolatxonalarning konsullik xizmatiga murojaat qilishga chaqirgan. Harakat vakillariga ko‘ra, ular “Tolibon” bilan “o‘zboshimcha” va “nomuvofiq” harakat qilgan afg‘on diplomatik missiyalari bilan hamkorlik qilmaydi.

"Yangi chora faqat “Tolibon”ning xorijiy missiyalar ustidan nazoratni tiklashga urinishi bo‘lishi mumkin", deb yozadi dpa agentligi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » “Tolibon” Afg‘onistonning G‘arbdagi elchixonalarini tan olishdan bosh tortdi