11:29 / 31.07.2024
85

Ramzan Qodirov Shavkat Mirziyoyevga ikkita zotdor ot sovg‘a qildi (video)

Ramzan Qodirov Shavkat Mirziyoyevga ikkita zotdor ot sovg‘a qildi (video)
Foto: Videodan kadr
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga uning tug‘ilgan kuni munosabati bilan ikkita zotdor ot sovg‘a qildi. Bu haqda Qodirov o‘zining Telegram kanalida xabar berdi.

"Bugun Grozniyda “Axmat” Osiyo jang ligasi prezidenti Nodir Qodirovga ikkita zotdor otni topshirdim. Bu O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga o‘tgan tug‘ilgan kuni munosabati bilan sovg‘a. Uning jonivorlarga bo‘lgan muhabbatini bilganim uchun bu sovg‘a unga ma’qul kelishiga ishonaman. Otlar juda yaxshi va yosh bo‘lishiga qaramay, turli musobaqalarda o‘zlarini juda muvaffaqiyatli namoyon etgan", deydi Qodirov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Checheniston va O‘zbekiston o‘rtasida “yaqin qardoshlik munosabatlari” shakllangan.

"Shubhasiz, bunda shaxsan Shavkat Miromonovichning xizmati katta. Biz ham Checheniston, ham O‘zbekiston taraqqiyotiga xizmat qiladigan tajriba va bilimlarimizni faol almashib kelmoqdamiz. O‘zbekiston xalqiga farovonlik, Shavkat Mirziyoyevga esa uzoq umr va mamlakatni rivojlantirish bo‘yicha rejalarini amalga oshirishda muvaffaqiyatlar tilayman", deya qo‘shimcha qilgan Checheniston rahbari.


Ramzan Qodirov, Shavkat Mirziyoyev, zotdor ot, sovg‘a qildi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ramzan Qodirov Shavkat Mirziyoyevga ikkita zotdor ot sovg‘a qildi (video)