date
views 640

Isroil razvedkasi Ismoil Haniyaning Erondagi manzilini qanday aniqlagan?

Isroil razvedkasi Ismoil Haniyaning Erondagi manzilini qanday aniqlagan?
Foto: fanpage.it
Isroilning “Mossad” razvedka xizmati sobiq HAMAS siyosiy byurosi raisi Ismoil Haniyaning Erondagi manzilini Pegasus aygʻoqchi dasturi yordamida aniqlagan. Bu haqda livanlik jurnalist Elia Maner bergan ma'lumotga asoslanib, “Pravda” nashri xabar berdi.

Manbada aytilishicha, “Mossad” Ismoil Haniyaning WhatsApp tarmogʻidagi profiliga shifrlangan xabar yuborish orqali uning telefoniga ustalik bilan aygʻoqchi dastur oʻrnatishga erishgan. Haniya oʻziga yuborilgan xabarni oʻqiy olmagan va yuboruvchi kimligini bila olmagan.

HAMAS siyosiy byurosi rahbari telefoni ustidan nazoratga erishgan Isroil razvedkasi esa uni muntazam kuzata boshlagan. Haniyaning WhatsApp’dagi barcha suhbatlari, barcha qoʻngʻiroqlar, harakat yoʻnalishi toʻgʻrisidagi ma'lumotlar qoʻlga kiritilgan.

Pegasus dasturi oʻta aniqlikda ishlagan. Dasturdan olingan manzil asosida Ismoil Haniya qarorgohiga dron hujumi tashkil etilgan.

Ma'lumotlarga koʻra, sobiq HAMAS rahbari oʻlimidan oldin oʻgʻli bilan telefonda gaplashgan. Telefon qoʻngʻirogʻi yakunlanganidan koʻp oʻtmay, hujum yuz bergan.

Pegasus josuslik dasturi Isroilning NSO Group kiberrazvedka kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgani aytilgan. Ushbu dastur smartfonlarni infiltratsiya qilish imkoniyatiga ega boʻlib, xabarlar, fotosuratlar va joylashuv ma'lumotlariga erkin kira oladi. Dastur hattoki foydalanuvchiga bildirmasdan telefon kamerasi va mikrofondan ham foydalanishi mumkin.

Isroil razvedkasi Ismoil Haniya telefonidagi qanday ma'lumotlarni qoʻlga kiritgani aniq emas. Egallangan ma'lumotlar asosida Isroil HAMASning boshqa etakchilariga nisbatan ham hujum sodir etishi mumkinligi aytilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Isroil razvedkasi Ismoil Haniyaning Erondagi manzilini qanday aniqlagan?