19:00 / 01.08.2024
368

Zelenskiy Ukraina hududlarini berish shartini ma’lum qildi

Zelenskiy Ukraina hududlarini berish shartini ma’lum qildi
Foto: Le Monde
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya bilan urushni tinch yo‘l bilan hal qilish doirasida xalqning roziligisiz mamlakat hududini bermasligini ma’lum qildi.

"Ukrainaning hududiy yaxlitligiga oid har qanday muammoni bir prezident, bir shaxs yoki butun dunyo prezidentlari Ukraina xalqi ishtirokisiz hal qila olmasligini tushunishingiz kerak", dedi u Le Monde gazetasiga bergan intervyusida.

Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Ukraina rasmiylari rasman o‘z hududlarini berishga haqqi yo‘q, buni Ukraina xalqi xohlashi kerak. Uning fikricha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin bunday qadamni g‘alaba sifatida qabul qiladi va shu sababli bu juda qiyin masala.

Intervyuda Zelenskiy Rossiyani muzokaralar stolida ko‘rish niyatini bildirgan.

Aksariyat davlatlar singari, men ham Rossiya vakillari noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan ikkinchi tinchlik sammitida ishtirok etishi kerak, deb hisoblayman, aks holda biz hech qanday barqaror natijaga erisha olmaymiz. Ular qo‘shma reja ishlab chiqishimizga to‘sqinlik qilmasligi kerak, deya Ukraina prezidentining so‘zlarini keltiradi nashr.

Ukraina konstitutsiyasining 73-moddasida hududiy o‘zgarishlar faqat umumxalq referendumidan so‘ng amalga oshirilishi mumkinligi qayd etilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, harbiy harakatlarni tugatish uchun hududlardan voz kechishga tayyor ukrainaliklarning ulushi so‘nggi bir yil ichida uch baravar oshgan.

Sotsiologlar ta’kidlaganidek, 2022 yilning mayidan 2023 yilning mayigacha bo‘lgan davrda vaziyat nisbatan barqaror bo‘lgan: respondentlarning taxminan 8-10 foizi Rossiyaga hududiy yon berishga tayyor, 82-87 foizi esa har qanday imtiyozlarga doimiy ravishda qarshi chiqqan.

2023 yil oxiriga kelib, imtiyozlar berish istagi 19 foizga, 2024 yilning fevralida — 26 foizga, 2024 yilning may oyida — 32 foizga oshgan.

Shu bilan birga, urushni tugatish uchun hududiy imtiyozlarga qarshi chiqqanlar soni yil davomida 29 foizga — 84 foizdan 55 foizga kamaygan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Zelenskiy Ukraina hududlarini berish shartini ma’lum qildi