10:56 / 02.08.2024
109

Putin qotillikda ayblangan Krasikovni shaxsan kutib oldi

Putin qotillikda ayblangan Krasikovni shaxsan kutib oldi
Anqarada Rossiya va G‘arb davlatlari o‘rtasida mahbuslar almashinuvi bo‘lib o‘tdi. Almashinuvda Rossiya, Belarus, AQSH, Germaniya, Polsha, Sloveniya va Norvegiya vakillari ishtirok etgan.

Jami 26 kishi almashildi: 10 kishi Rossiyaga, 13 kishi Germaniyaga, 3 nafari AQSHga yuborildi. Mahbuslar Turkiyaga yettita samolyotda olib ketilgan: ikkitasi AQSHdan, bittadan Germaniya, Polsha, Sloveniya, Norvegiya va Rossiyadan kelgan.

Rossiya qamoqxonalarida bo‘lgan rossiyalik siyosatchilar va Amerika fuqarolari ozod qilindi.

Ular — siyosatchilar Vladimir Kara-Murza va Ilya Yashin, huquq himoyachisi Oleg Orlov, jamoat arbobi Andrey Pivovarov, rassom Sasha Skochilenko, muxolifatchi Aleksey Navalniyning sheriklari Liliya Chanisheva, Kseniya Fadeyeva va Vadim Ostanin, Germaniya fuqarosi Kevin Lik, siyosatshunos Diter Voronin, Germaniya va Rossiya fuqarosi Germana Moyjes, AQSH fuqarolari Pol Uilan, Evan Gershkovich, Alsu Kurmasheva, Germaniya fuqarosi Patrik Shobel. Bundan tashqari, Belarusda o‘lim jazosiga hukm qilingan Germaniya fuqarosi Riko Kriger ekstraditsiya qilindi.

G‘arb davlatlari sakkiz mahbusni Rossiyaga topshirdi.

Ularning ismlari: Germaniyada qotillikda ayblangan Vadim Krasikov, Sloveniyada josuslikda ayblanib, sudlangan Artem Dulsev va Anna Dulseva, Norvegiya hukumati tomonidan josuslikda ayblangan Mixail Mikushin, Polshada Rossiya foydasiga josuslikda ayblangan Pavel Rubsov, AQSHda bank kartalari ma’lumotlarini o‘g‘irlagani uchun 27 yilga qamalgan Roman Seleznev, AQSHda kompyuter tarmoqlarini buzishda ayblanib, sudlangan Vladislav Klyushin, FSB agenti Vadim Konoshchenok.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Moskvaning «Vnukovo» aeroportida G‘arb davlatlari bilan mahbuslar almashinuvi doirasida vataniga qaytgan rossiyaliklarni shaxsan kutib olgan.

Germaniyada chechenistonlik sobiq qo‘mondon Zelimxon Xangoshvilini o‘ldirganlikda ayblanib, umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan «FSB» xodimi Vadim Krasikov va boshqalarni Putin quchoq ochib qarshiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin qotillikda ayblangan Krasikovni shaxsan kutib oldi