13:35 / 02.08.2024
97

HAMAS yetakchisining o‘g‘li: Haniya qoni G‘azodagi bolalar qonidan ustunroq emas

HAMAS yetakchisining o‘g‘li: Haniya qoni G‘azodagi bolalar qonidan ustunroq emas
Foto: AP
Isroil qancha o‘ldirmasin, Falastin xalqining inqilobini to‘xtata olmaydi. Liderlarning har bir o‘ldirilishi Falastin xalqi va islom olami uchun yangi inqilobga sabab bo‘ladi. Bu haqda Tehrondagi suiqasd chog‘ida halok bo‘lgan Falastinning HAMAS harakati siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniyaning to‘ng‘ich o‘g‘li Abdusalom Haniya «Anadolu» bilan suhbatida aytib o‘tdi.

«Bizning ko‘z yoshlarimiz qurbonlar oilasining ko‘z yoshlaridan ustun bo‘lmaganidek, otamning qoni ham bolalarning yoki G‘azo aholisining qonidan ustunroq emas», - dedi u.

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlardagi postida Abdusalom Haniya «uning (Ismoil Haniya) merosi milliy birlik, G‘azo sektoriga hujumlar to‘xtatilishi va xalqimizning g‘alabasi edi», deb yozdi.

«Uning qoni xalqimizning qonidan, qurbon bo‘lgan o‘g‘li uchun to‘kilgan onaning ko‘z yoshlaridan ustunroq emas. Otam bolaligidan kecha-yu kunduz qarshilik, inqilob va kurash yo‘lini bosib o‘tgan», — dedi HAMAS yetakchisining o‘g‘li.

Abdusalom Haniya otasi bir necha bor suiqasdga uchraganini, umrini qarshilikni targ‘ib qilish bilan o‘tkazganini esladi.

«Haniyaning o‘g‘illari va nabiralari 7 oktyabr kuni Isroilning burnini yerga qaratdi, Haniya xalqi esa tarixdagi eng katta qirg‘inga dosh berdi», - deya ta’kidladi u.

Tehronda HAMAS yetakchisining o‘ldirilishi

Falastinning HAMAS harakati siyosiy byurosi raisi Ismoil Haniya Eron yangi saylangan prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon inauguratsiya marosimida ishtirok etish uchun Tehronga kelgandi.

Islom inqilobi muhofizlari korpusi (IIMK) 31 iyul kuni ertalab Eron poytaxtida Ismoil Haniya qarorgohiga zarba berilgani haqida ma’lumot tarqatdi.

Eron va HAMAS Isroilni qotillikni uyushtirganlikda aybladi. Biroq Isroil rasmiylari voqeaga izoh berishdan o‘zini tiyib turibdi.

Ismoil Haniya 2017 yil 6 may kuni HAMAS siyosiy byurosi rahbari etib saylangan edi. U bu lavozimda Xolid Mashal o‘rnini egalladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » HAMAS yetakchisining o‘g‘li: Haniya qoni G‘azodagi bolalar qonidan ustunroq emas