16:06 / 02.08.2024
29

Nikolas Maduro: «AQSH Venesuelaning ichki ishlariga burnini tiqmasligi kerak»

Nikolas Maduro: «AQSH Venesuelaning ichki ishlariga burnini tiqmasligi kerak»
Foto: AP
Venesuela prezidenti Nikolas Maduro AQSHni mamlakat ichki ishlariga aralashmaslikka chaqirdi.

Poytaxt Karakasdagi Miraflores prezidentlik saroyi balkonidan tarafdorlariga murojaat qilgan Maduro AQSH davlat kotibi Entoni Blinkenning so‘zlariga javob qaytardi.

Maduro Venesuela suveren davlat ekanligini va xalqning irodasi saylovlarda namoyon bo‘lishini ta’kidladi.

«AQSH Venesuelada yana bir prezident borligini aytmoqda. AQSH Venesuelaning ichki ishlariga burnini tiqmasligi kerak», - dedi prezident.

Maduro, shuningdek, AQSHni Haiti va Ekvadordagi ssenariyni Venesuelada takrorlashga urinayotganlikda aybladi.

«Deyarli 85 foiz - Kolumbiya, Peru, Chili va Texasdan muhojirlar. Biz ko‘plab davlat to‘ntarishlarini ko‘rdik, lekin bunday xususiyatga ega jinoyatchilarning katta tuzoq qo‘yganini hech qachon ko‘rmaganmiz. Bular yangi avlod to‘dalari. Ular Venesuelani to‘dalar bo‘lgan Haiti va Ekvadorga aylantirmoqchi», deb ta’kidladi Venesuela rahbari.

Davlat rahbari Milliy saylov kengashi (CNE) tomonidan e’lon qilingan saylov natijalariga e’tiroz bildirmoqchi bo‘lgan barcha nomzodlarni o‘z protokollarini CNE va Venesuela Oliy sudiga (TSJ) taqdim etishga chaqirdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, CNE va TSJ tomonidan protokollarni o‘rganib chiqqandan keyin qabul qilingan qarorlar hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi.

Maduro bu muassasalarga o‘z protokollarini ham taqdim etishini aytdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Nikolas Maduro: «AQSH Venesuelaning ichki ishlariga burnini tiqmasligi kerak»