23:21 / 02.08.2024
47

AQSH Eronning Isroilga hujum qilishi kutilayotgani sababli Yaqin Sharqqa samolyotlarni jo‘natadi

AQSH Eronning Isroilga hujum qilishi kutilayotgani sababli Yaqin Sharqqa samolyotlarni jo‘natadi
Foto: Reuters
AQSH Qurolli kuchlari qo‘mondonligi Eron va uning ittifoqchilari tomonidan Isroilga kutilayotgan hujum munosabati bilan qabul qilingan javob choralari doirasida Yaqin Sharqdagi havo kuchlarini kuchaytirmoqchi. Bu haqda The New York Times (NYT) yozdi.

«AQSH Qurolli kuchlari qo‘mondonligi Eron va unga bo‘ysunadigan kuchlarning yaqin kunlar ichida Ismoil Haniya o‘limi uchun qasos olish maqsadida Isroilga hujum qilishi haqidagi tahdidlariga javoban Yaqin Sharqqa harbiy samolyotlarni jo‘natishga tayyorlanmoqda», deyiladi maqolada.

Qayd etilishicha, qo‘mondonlik mintaqaga qancha samolyot jo‘natishini hali hal qilmagan. Pentagon rahbari Lloyd Ostin bu kuchlarni joylashtirishga hali buyruq bermagan.

13 aprel kuni Eronning Isroilga hujumi chog‘ida Iordaniya va Saudiya Arabistonida joylashgan AQSH harbiy-havo kuchlari Fransiya, Buyuk Britaniya va Iordaniya qiruvchi samolyotlari bilan birga 80 dan ortiq dronni urib tushirgan edi. Biroq Eron hujum haqida oldindan ogohlantirib, Pentagonga qo‘shimcha kemalar va samolyotlarni mintaqaga ko‘chirish uchun vaqt bergan edi.

Bu safar, NYT suhbatdoshlarining aniqlik kiritishicha, Isroil va uning ittifoqchilari Eronning ehtimoliy hujumiga tayyorgarlik ko‘rish uchun qancha vaqti borligi haqida tasavvurga ega emas.

Yaqin Sharqdagi vaziyat Tehronda Haniyaning o‘limidan so‘ng, shuningdek, Isroil mudofaa kuchlari Bayrutga zarba berib, «Hizbulloh» qo‘mondoni Fuad Shukrni yo‘q qilganidan keyin yomonlashdi.

Keyinroq, Eron oliy rahbari oyatulloh Ali Xomanaiy Haniyaning o‘ldirilishiga javoban Isroilga to‘g‘ridan to‘g‘ri hujum qilishga buyruq bergani haqida xabarlar tarqaldi. So‘ngra AQSH prezidenti Jo Bayden Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahuga Erondan kelayotgan tahdidlardan himoyalanishda yordam qilishini va’da berdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSH Eronning Isroilga hujum qilishi kutilayotgani sababli Yaqin Sharqqa samolyotlarni jo‘natadi