07:18 / 04.08.2024
53

Uorren Baffett o‘ziga tegishli Apple aksiyalarining yarmini sotib yubordi

Uorren Baffett o‘ziga tegishli Apple aksiyalarining yarmini sotib yubordi
Foto: Reuters
Amerikalik milliarder Uorren Baffetning Berkshire Hathawaymoliyaviy xoldingi Apple'dagi aksiyalarining salkam yarmini sotib yubordi. Xolding ixtiyorida qolgan aksiyalar paketi 84,2 milliard dollarga baholanmoqda, deb xabar beradi Wall Street Journal.

Bu ikkinchi chorakda, boshqa qimmatli qog‘ozlarning ommaviy sotuvi oqibatida sodir bo‘lgan. Aprel iyun oylarining o‘zida Berkshire 75,5 milliard dollarlik aksiyalarini sotgan bo‘lib, natijada pul zaxirasi 276,94 milliard dollargacha oshgan.

Nashrning yozishicha, aksiyalar sotuvi va katta miqdorda pulning to‘planishi Baffetga yaxshi daromad keltiradigan, investitsiya kiritish mumkin bo‘lgan sohalarni topishda qiyinchilik tug‘diradi. Amerika fond bozori o‘smoqda: S&P 500 indeksi 20 yillik o‘rtacha ko‘rsatkichlaridan salkam 16 barobarga katta darajada savdo qildi.

Baffet may oyida, Berkshire aksionerlarning yillik yig‘ilishida vaziyatga oid qarashlari bilan bo‘lishgandi. «Biz to‘planib qolgan pullarni mamnuniyat bilan sarflagan bo‘lardik, ammo harakatlarimiz juda kam tavakkalchilik asosida ko‘p pul olib kelmasa, ularni ishlatmaymiz», — degandi milliarder.

O‘shanda u Apple ko‘rsatkichlarini maqtab, korporatsiyaning biznesi American Express va Coca-Cola'nikidan yaxshiroq ekanini aytgandi.

Baffett — Forbes jurnalining dunyodagi eng boy insonlar ro‘yxatida yettinchi o‘rindagi inson. Uning boyligi 134,6 milliard dollarga baholanadi. 2020 yildan beri Baffettning boyligi ikki barobarga oshdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Uorren Baffett o‘ziga tegishli Apple aksiyalarining yarmini sotib yubordi