13:36 / 04.08.2024
80

“Hizbulloh” o‘nlab raketalar bilan Isroil shimoliga hujum qildi

“Hizbulloh” o‘nlab raketalar bilan Isroil shimoliga hujum qildi
Foto: The Times of Israel
The Times of Israel nashrining xabariga ko‘ra, “Hizbulloh” guruhi Livandan turib Isroil hududiga yopirilma raketa zarbasi uyushtirgan.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Galiley yarimoroli uzra “Temir qubba” havo hujumidan mudofaa tizimi uchirilgan raketalarning katta qismini tutib olgan. Kiryat-Shmona va unga yaqin bir necha aholi punktlarida havo hujumidan ogohlantirish signallari chalingan.

Bir qator OAVlar Isroilga qarata o‘nlab raketalar uchirilganini yozayotgan bo‘lsa, ayrimlar ularning soniga aniqlik kiritib, raketalar 50 ta bo‘lganini aytishmoqda.

Bungacha, 3 avgust kuni kechqurun SAHAL “Hizbulloh”ning Livan janubidagi Kfarkela tumanidagi obyektlariga zarba berganini xabar bergan edi. Zarbalar infratuzilma obyektlari va harbiy tuzilmalarga qarata berilgani xabar qilinmoqda.

Bugun Isroil HHK samolyotlari Dayn Saryan hududida “Hizbulloh” terrorchisini yo‘q qilgan. Bundan tashqari Isroil mudofaa armiyasi artilleriyasi Udayssa hududidagi obyektlarga zarba bergan”, — deyiladi SAHAL xabarida.

Sky News Arabia'ning g‘arb razvedkasidagi manbalariga tayanib bergan xabariga ko‘ra, Eron Isroilga 12-13 avgust kunlari hujum qilishni mo‘ljallamoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » “Hizbulloh” o‘nlab raketalar bilan Isroil shimoliga hujum qildi