16:00 / 04.08.2024
55

Bayden Netanyaxudan G‘azo haqida “bema’ni gaplarni to‘xtatishni” so‘radi

Bayden Netanyaxudan G‘azo haqida “bema’ni gaplarni to‘xtatishni” so‘radi
Foto: Anadolu
AQSH prezidenti Jo Bayden Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan telefon orqali suhbat o‘tkazib, u G‘azodagi mojaro haqida unga noto‘g‘ri ma’lumot berishni to‘xtatishni so‘radi.

AQSH yetakchisi, shuningdek, Netanyaxudan kelishuv va sulh bo‘yicha bergan va’dasini bajarishini talab qildi

"Telefon suhbati chog‘ida Bayden Netanyaxudan bema’ni gaplarni bas qilishni so‘radi", deyiladi telekanal xabarida.

Ma’lum bo‘lishicha, Baydenning g‘azabiga Netanyaxuning Isroil o‘t ochishni to‘xtatish evaziga HAMAS bilan asirlarni qaytarish kelishuvi bo‘yicha muzokaralarda oldinga siljiyotgani hamda yaqin orada muloqotni davom ettirish uchun delegatsiya jo‘natishi haqidagi bayonoti sabab bo‘lgan. Baydenga ko‘ra, Netanyaxu ichki siyosiy sabablarga ko‘ra muzokaralarni shunchaki kechiktirmoqda.

The New York Times nashriga ko‘ra, Bayden Eronda HAMAS yetakchisi Ismoil Haniyaning o‘ldirilishiga javob qaytargan. Uning so‘zlariga ko‘ra, operatsiya muvaffaqiyatsiz rejalashtirilgan va Vashington muzokaralarda yakuniy nuqtani kutayotgan bir paytda sodir bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bayden Netanyaxudan G‘azo haqida “bema’ni gaplarni to‘xtatishni” so‘radi