08:13 / 06.08.2024
99

HAMASning yangi yetakchisi nomi yaqin kunlarda e’lon qilinadi

HAMASning yangi yetakchisi nomi yaqin kunlarda e’lon qilinadi
Foto: Google Images
HAMASning yangi rahbari nomi yaqin kunlarda ma’lum bo‘ladi, deb xabar qilmoqda Eron OAV harakat siyosiy byurosi rahbari o‘rinbosari Xalil al-Hayyaga tayanib.

HAMAS siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniya 31 iyul kuni Tehronda o‘ldirilgandi.

Falastin guruhi hujumda Isroilni aybladi. Eron va HAMAS Isroilni jazolashga va unga javob qaytarishga va’da berdi.

Eron ommaviy axborot vositalari Al-Hayyadan iqtibos keltirishicha, “HAMAS Falastin to‘liq ozod qilinmaguncha kurash, jihod va qarshilik yo‘lini davom ettiradi”.

HAMAS siyosiy byurosi rahbari sifatida Haniyaning ehtimoliy vorislari orasida hozirda xorijdagi Falastin harakati yetakchilaridan biri bo‘lgan Xolid Mash’al hamda Al-Hayya ham bor.

Ma’lumot uchun, Xolid Mash’al 1996 yildan 2017 yilgacha HAMASga rahbarlik qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » HAMASning yangi yetakchisi nomi yaqin kunlarda e’lon qilinadi