
AQShda sodir bo‘lgan Nyu-Yorkdagi portlash yuzasidan 5 nafar kishi qo‘lga olindi. Bu haqida ABC News ning xabariga iqtibos keltirgan holda "Kun" nashri ma’lum qilmoqda.
Nyu-York FQB va polisiyasi yakshanba kuni Nyu-York hamda Bruklinni birlashtiruvchi ko‘prikdagi harakatni vaqtinchalik to‘xtatib qo‘yganidan so‘ng qo‘lga olish ishlari amalga oshirildi.
Manbaga ko‘ra, 17 sentyabr, shanba kuni kechqurun Manxettenning g‘arbiy qismi - Chelsi tumani, 23-ko‘cha, 6- va 7-avenyularning o‘rtasida portlash sodir etilgan. Polisiya ma’lumotlariga ko‘ra, 29 kishi jabrlangan, ulardan ba’zilarining jarohati jiddiy.
Yana bir portlash esa Nyu-Jersi shtatida sodir etilgan.
Bundan tashqari, Nyu-York va Nyu-Jersida portlashga ulgurmagan moslamalar ham topilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar