21:04 / 06.08.2024
475

Zelenskiy Kiyevning asosiy maqsadini ma’lum qildi

Zelenskiy Kiyevning asosiy maqsadini ma’lum qildi
Foto: vlast.kz
Kiyevning maqsadi bu yil Ukrainadagi mojaroga barham berish uchun asos tayyorlashdan iborat. Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.

Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Kiyev Ukraina “tinchlik formulasi”ni amalga oshirish ustida ishlashda davom etmoqda. U, xususan, Botsvana Shveysariyadagi sammit kommyunikesiga qo‘shilganini aytgan. Bundan tashqari, ishchi guruhlar a’zolari bilan “tinchlik formulasi” bandlarining mazmun-mohiyati yuzasidan muzokaralar davom etayotganini qo‘shimcha qilgan.

"Bizning qat’iy maqsadimiz joriy yilda bu urushni adolatli tugatish uchun haqiqiy poydevor tayyorlashdir. Va buni uddalashning imkoni bor", deydi Ukraina rahbari.

15—16 iyun kunlari Shveysariyaning Byurgenshtok shahrida Ukrainadagi mojaroni hal qilish bo‘yicha birinchi konferensiya bo‘lib o‘tgan edi.

Zelenskiy noyabr oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan ikkinchi sammitda Rossiya vakillari ham ishtirok etishi kerakligini ta’kidlagan.

Rossiya birinchi tadbirga taklif etilmagan edi. Rossiya TIV vakili Mixail Galuzin Rossiya iyun oyida bo‘lib o‘tgan Shveysariya konferensiyasidagi kabi Ukraina bo‘yicha yangi sammitda ishtirok etishni rejalashtirmayotganini aytgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Zelenskiy Kiyevning asosiy maqsadini ma’lum qildi