06:29 / 08.08.2024
61

Bangladeshdagi qat’iy rejimli qamoqxonadan 200 nafar mahbus qochib ketdi

Bangladeshdagi qat’iy rejimli qamoqxonadan 200 nafar mahbus qochib ketdi
Foto: Google Images
Bangladeshning G‘ozipur shahridagi qat’iy rejimli Kashimpur qamoqxonasi mahbuslari mamlakatdagi norozilik namoyishlari va tartibsizliklar tufayli ommaviy ravishda qamoqxonadan qochib ketdi. Bu haqda Jago axborot portali bergan xabarga tayanib “Report.az” ma’lum qildi.

209 nafar mahbus qochishga muvaffaq bo‘lgan, ulardan olti nafari voqea joyida otib o‘ldirildi”, deyiladi Jago axborot portali xabarida.

Qamoqxona vakili Subrata Kumarning aytishicha, mahbuslar 6 avgust, seshanba kuni tushdan keyin qochishga urinib, tartibsizliklar uyushtirgan. Qamoqxona qo‘riqchilari vaziyatga aralashgach, mahbuslar ularga hujum qilgan.

Qayd etilishicha, vaziyat faqat armiya kuchlari yordamida nazoratga olingan.

5 avgust kuni ertalab Bangladeshda hukumatga qarshi ommaviy namoyishlar vaqtida tayoq va toshlar bilan qurollangan olomon Bangladesh shimolidagi Sherpur tumani qamoqxonasiga bostirib kirgan va undan 500 nafar mahbus qochishga muvaffaq bo‘lgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bangladeshdagi qat’iy rejimli qamoqxonadan 200 nafar mahbus qochib ketdi