Foto: “Inbusiness.kz”
Markaziy Osiyo atrofida davom etayotgan murakkab xalqaro vaziyat tufayli mudofaa sohasida mintaqaviy hamkorlik zarurati paydo bo‘ldi, deb yozadi Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev “Kazakstanskaya pravda” gazetasida chop etilgan maqolasida.
“Markaziy Osiyo perimetri bo‘ylab davom etayotgan og‘ir harbiy-siyosiy vaziyat fonida mudofaa siyosati va xavfsizlik sohasida hamkorlik zarur”, deydi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mintaqada xavfsizlik arxitekturasini yaratish, jumladan, Markaziy Osiyo uchun “xavfsizlik xatarlari katalogi”ni ishlab chiqish va ularning oldini olish choralari ayniqsa dolzarb bo‘lib bormoqda.
To‘qayevning fikricha, Markaziy Osiyo davlatlarining asosiy ustuvor yo‘nalishlari “bo‘linmas xavfsizlik makonini shakllantirish”, tahdidlarga qarshi kurashning asosiy masalalarini hal qilishda kompleks yondashuvlarni izlash, javob choralari va oldini olish choralarini ishlab chiqishdir.
Qozog‘iston yetakchisi mudofaa sohasida BMT va boshqa xalqaro hamda mintaqaviy tashkilotlar bilan faol hamkorlik qilish ham muhim ekanini qayd etgan.
To‘qayev, shuningdek, o‘z maqolasida mintaqaviy hamkorlikning boshqa vazifalariga ham alohida to‘xtalib o‘tgan. Xususan, iqtisodiy salohiyatni yanada rivojlantirish, resurslarga qaramlikdan chiqish, Markaziy Osiyoni transport-logistika va tranzit habga aylantirish, suv, energetika va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha umumiy yondashuvlarni ishlab chiqish, yoshlar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash, shuningdek, sivilizatsiyaviy o‘ziga xoslikni shakllantirish uchun qo‘shma platformalar yaratish, yosh avlod salohiyatini rivojlantirish shular jumlasidandir. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiya Suriya chegarasida qo‘shin to‘plamoqda
Suriya isyonchilari yetakchisi murojaat bilan chiqdi
Turkiya Suriyaning yangi hukumatini harbiy sohada qo‘llab-quvvatlamoqchi
Tramp Zelenskiyni urush tugashiga tayyorlanishga chaqirdi
Rossiya Isroilni Golan tepaliklari borasida ogohlantirdi
Donald Tramp: “Prezident Erdo‘g‘on juda aqlli, Asad esa shafqatsiz qassob”
Aleksandr Sirskiy: Rossiya uchinchi kundirki Kursk yaqinida oldinga faol siljimoqda
Xitoy va Hindiston Himolaydagi yarim asrlik hududiy nizoni hal qilmoqchi