Foto: TASS
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ichki ishlar vazirligiga chet el fuqarolarini ayrim huquqbuzarliklar uchun sud qarorisiz mamlakatdan chiqarib yuborish huquqini berish haqidagi qonunni imzoladi.
Qabul qilingan qonunga ko‘ra, ichki ishlar organlari xodimlari chet el fuqarolarini ma’muriy huquqbuzarlik sodir etganligi uchun Rossiyadan deportatsiya qilish to‘g‘risida mustaqil ravishda qaror qabul qilishi mumkin.
Chet elliklar quyidagi huquqbuzarliklar uchun shu tariqa jazolanishi mumkin:
- giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasi, tashish, iste’mol qilish va targ‘ib qilish;
- noan’anaviy jinsiy aloqalar va pedofiliyani targ‘ib qilish;
- vijdon va din erkinligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzgan holda missionerlik faoliyati;
- jamoat joylarida spirtli ichimliklarni iste’mol qilish;
- stadionlarda o‘zini tutish qoidalarini buzish.
O‘zgartirishlar iyun oyida birinchi o‘qishda qabul qilingan edi. 23 iyuldagi ikkinchi o‘qishda qonun loyihasiga FXX, Ichki ishlar vazirligi va Chegara xizmati rahbarlari va o‘rinbosarlarining qarori bilan deportatsiya qilinishi lozim bo‘lgan xorijliklarni maxsus hibsxonalarda saqlashning maksimal muddati to‘g‘risidagi nizom kiritildi. Ular 48 soat davomida tergov izolatoriga joylashtirilishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiya Suriyaning yangi hukumatini harbiy sohada qo‘llab-quvvatlamoqchi
Xitoy va Hindiston Himolaydagi yarim asrlik hududiy nizoni hal qilmoqchi
Tramp Zelenskiyni urush tugashiga tayyorlanishga chaqirdi
Rossiya Kursk viloyati va Ukraina sharqida hujumlarni kuchaytirmoqda
Suriya isyonchilari yetakchisi murojaat bilan chiqdi
Rossiya Isroilni Golan tepaliklari borasida ogohlantirdi
Donald Tramp: “Prezident Erdo‘g‘on juda aqlli, Asad esa shafqatsiz qassob”
Turkiya Suriya chegarasida qo‘shin to‘plamoqda