20:30 / 09.08.2024
67

Rossiya va Xitoy sanksiyalar tahdidi tufayli barterga o‘tmoqda

Rossiya va Xitoy sanksiyalar tahdidi tufayli barterga o‘tmoqda
Foto: Sinxua
Rossiya va Xitoy barter savdosini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda va shu tariqa AQSH nazoratidagi bank tizimlaridan foydalanishni cheklashga harakat qilmoqda. Bu haqda uchta manbaga tayanib Reuters xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, AQSH sanksiyalari tahdidi tufayli Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi ikki tomonlama to‘lovlar kechikishidan so‘ng, kichik Xitoy mintaqaviy banklari ko‘rinishida vaqtinchalik yechimlar paydo bo‘ldi, ammo to‘lovlar bilan bog‘liq muammolar hamon saqlanib qolmoqda.

"Barter savdolari Moskva va Pekinga G‘arb regulyatorlari uchun ikki tomonlama bitimlarning shaffofligini kamaytirish va valyuta risklarini cheklash imkonini beradi", deya qayd etadi nashr.

Reuters manbalariga ko‘ra, bu kuzda qishloq xo‘jaligi bilan bog‘liq ikkita barter bitimi kutilmoqda. Tafsilotlarni oshkor qilishdan bosh tortgan yirik rus bankining top-menejeri barter sxemasini tayyorlash haqida e’lon qilgan. Rossiya sanoat kompaniyasi suhbatdoshining aytishicha, Xitoydan uskunalar evaziga Rossiyadan metall eksport qilish muhokama qilinmoqda.

Barter savdosi, Rossiya hukumatidagi manbaga ko‘ra, sanksiyalangan va fuqarolik tovarlari uchun to‘lov bilan bog‘liq muammoli vaziyatdan chiqish yo‘lini taklif qiladi. Uning ta’kidlashicha, Rossiya yetakchisi Vladimir Putinning 2024 yil may oyida Xitoyga qilgan safaridan keyin ham bu sohadagi istiqbollar yaxshilangani yo‘q.

Reutersning qayd etishicha, Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi savdo tarixida barter bitimlari 2019 yilda bo‘lib o‘tgan, o‘shanda Pekin Malayziyadan qariyb 150 million dollarlik palma yog‘ini qurilish xizmatlari, tabiiy resurslar, fuqarolik va mudofaa uskunalari uchun almashishga rozi bo‘lgan.

Rossiya bizneslari uchun Xitoy banklarida dollarda operatsiyalarni amalga oshirishdagi qiyinchiliklar 2023 yil oxirida — AQSH prezidenti Jo Baydenning farmonidan keyin boshlangan. Farmonga ko‘ra, agar uchinchi davlat banklari Rossiya harbiy-sanoat kompleksiga yordam berayotganda qo‘lga olinsa, ularga qarshi sanksiyalar joriy etiladi.

2024 yil aprel oyida The Wall Street Journal Qo‘shma Shtatlar Xitoyning ayrim banklarini jahon moliya tizimidan uzib qo‘yishi mumkin bo‘lgan sanksiyalarni ishlab chiqayotgani va shu tariqa Pekinning Rossiya harbiy sanoatini qo‘llab-quvvatlashiga chek qo‘yish niyatida ekanligi haqida xabar bergan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya va Xitoy sanksiyalar tahdidi tufayli barterga o‘tmoqda