06:45 / 10.08.2024
25

Turkiyada TikTok'ning bloklanishi muhokama qilinadi

Turkiyada TikTok'ning bloklanishi muhokama qilinadi
Foto: AP
Turkiya parlamentining raqamli OAV bo‘yicha qo‘mitasi 16 avgust kuni mamlakatda Instagram ijtimoiy tarmog‘ining bloklanishi va TikTok'ning ehtimoliy taqiqlanishiga bog‘liq vaziyatni muhokama qiladi.

Turkiyada texnologiya va kommunikatsiyalar kengashi qarori bilan 2 avgust kuni ertalab Instagram ijtimoiy tarmog‘iga kirish bloklangan edi. Turkiya hukumatiga ko‘ra, ushbu qaror ijtimoiy tarmoq mahalliy qonunchilikni buzgani tufayli qabul qilingan. Mahalliy OAVga ko‘ra, Anqaraning bunday yo‘l tutishiga Instagram HAMAS yetakchisi Isoil Haniyaning o‘ldirilishi munosabati bildirilgan hamdardliklarni bloklagani sabab bo‘lgan. Instagram vakillari bilan muzokaralar har kuni davom etmoqda, biroq hozirda natijasiz.

Turkiya transport va infratuzilma vaziri Abdulqodir Uralo‘g‘luga ko‘ra, mamlakat hukumatida TikTok ijtimoiy tarmog‘ini bloklash rejasi yo‘q.

«Kun tartibida TikTok'ni yopish masalasi yo‘q, umuman olganda biz biror nimani taqiqlashni maqsad qilmaymiz. Xorij ijtimoiy tarmoqlari qonunchiligimiz talablarini amalga oshirishlarini xohlaymiz», — deydi vazir.

Eslatib o‘tamiz, 7 avgust kuni Turkiya sud qarori asosida Roblox onlayn-platformasiga kirishni ham bloklagan edi. Mamlakat adliya vaziri Yilmaz Tunchning so‘zlariga ko‘ra, resursga kirish unda bolalarga nisbatan zo‘ravonlikka bog‘liq kontent mavjudligi sabab yopilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkiyada TikTok'ning bloklanishi muhokama qilinadi