11:24 / 10.08.2024
32

Isroil G‘azo sektoridagi maktabga zarba berishi oqibatida 100 dan ortiq inson halok bo‘ldi

Isroil G‘azo sektoridagi maktabga zarba berishi oqibatida 100 dan ortiq inson halok bo‘ldi
Foto: AFP
Isroil armiyasi G‘azo sektoridagi Al-Tabain maktabiga zarba berganini ma’lum qildi.

Yahudiy armiyasi buni binoda Falastinning HAMAS harakatining qo‘mondonlik markazi joylashgani bilan izohladi. Zarba oqibatida yuzlab odamlar qurbon bo‘lgani xabar qilinmoqda.

Isroil armiyasiga ko‘ra, HAMAS qo‘mondonlik markazi Isroil harbiylariga qarshi hujumlar rejalashtirilgan.

Zarbadan oldin tinch aholiga zarar yetkazish xavfini kamaytirish bo‘yicha ko‘plab choralar ko‘rildi, jumladan, havo kuzatuvi va razvedka ma’lumotlaridan foydalanildi”, deyiladi Isroil armiyasi Telegram'dagi postda.

Falastinning WAFA agentligi va boshqa bir qancha ommaviy axborot vositalarining ma’lumotlariga ko‘ra, kamida 100 kishi halok bo‘lgan, o‘nlab odamlar yaralangan. AFP xabariga ko‘ra, qutqaruvchilar halok bo‘lganlarning jasadlarini olib chiqish va yaradorlarni qutqarish maqsadida yong‘inni o‘chirishga urinmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Isroil G‘azo sektoridagi maktabga zarba berishi oqibatida 100 dan ortiq inson halok bo‘ldi